Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog‘ jinslarini 900-1200 0C da kuydirish yo‘li bilan
CO2 ni mumkin qadar to‘liq ajralib chiqishi CaCO CaO - CO2 reaksiyasi asosida va
keyinchalik bo‘lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Ohaktoshni shaxta pechlarida
(bo‘laklar o‘lchami 20-80 mm) va aylanma pechlarda (5-40 mm) shuningdek «qaynama»
qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. CaCO3 ning termik parchalanish 900
℃
da boshlanadi, xom
ashyo xossalari (zichligi - bo‘laklar o‘lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog‘liq holda
zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 – 1200
℃
ga teng.
Kuydirish natijasida hosil bo‘lgan ohak (qaynama) hajmi nazariy jihatdan olingan
ohaktosh 2 marotaba kam. Xaqiqatdan ham u hammasi bo‘lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil
bo‘lgan qaynama o‘ta g‘ovakligini ko‘rsatadi.
Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo‘linish vaqti ohakning
g‘ovakliligiga, hajm birligidagi og‘irligiga, katta ta‘sir qiladi. Harorat oshishi bilan kuydirish
39
tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. Ko‘pincha ohaktosh shaxta pechlarida
kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning
muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi. Xar qanday qattiq, suyuq va gaz
holatidagi yonilg‘ida ishlashi mumkin.
Shaxtali pechlar –
bu vertikal shaxta ko‘rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi
kesimli ish bajarish joyi bo‘lgan pech shaxtali pech deb ataladi (13.1-rasm).
Shaxtali pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun
qo‘llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg‘ilarda ishlaydi. Qattiq yonilg‘i
xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yonilg‘ilar pechning
pastki qismidan pechga kiritiladi.
Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi. Yukni
ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi.
Xom ashyo va qattiq yonilg‘i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yonilg‘ini
uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o‘rnatiladi.
13.1 – rasm. Shaxta pechining umumiy ko‘rinishi
a) qattiq yonilgida ishlaydigan shaxta pechi
b) gazsimon yonilgida ishlaydigan shaxta pechi
|