52
Uch kalsiyli silikat gidrolizatsiyalanganda erkin ohak Ca(OH)
2
ajralib chiqishining muhim amaliy ahamiyati bor; chunki agar sement toshida juda eruvchan (1,3
-1,7 g/l) erkin ohak bo‘lsa, u suvli sharoitda portlandsementning puxtaligi kamayadi).
Gidratlanish va gidroliz natijasida klinker minerallarining
gidratlari mayda zarralar
ko‘rinishida qorishmadan ajralib chiqadi. Natijada portlandsement donalari ustida shu
zarralardan iborat cho‘kindi hosil bo‘ladi. CHo‘kindining zichlashuvi portlandsementni qotishini
sekinlashtirib qo‘yadi.
Sement kukuni zarralari qanchalik tez va to‘la reaksiyaga kirishadi. Gidrotlanishda
sement elimday yopishqoq bo‘lib qoladi. Beton qorishmasidagi sement xamiri to‘ldirgich (qum,
shag‘al) donalarini qamrab olib, bir- biriga yopishtiradi, qorishma qotgandan keyin yaxlit sun’iy
tosh –beton hosil bo‘ladi.
Mayda gidrat donalari to‘ldirgich donalari orasidagi ishqalanishni kamaytiradi.
Natijada beton qolipga oson quyiladi.
Sement xamirining plastik-yopishqoq holati 1-2 soatdan uzoq saqlanmaydi.Mayda
donalar yirik donalarga aylanishi natijasida sement
xamiri zichlashadi, qotadi, toshga aylanadi.
Sementni mayda qilib tuyish,
atrofdagi muhit t
0
sini oshirish va qotiruvchi moddalar
qo‘shish yo‘li bilan sementning qotishini tezlatish mumkin. Bu moddalar sement og‘irligining 1-
2 % i miqdorida qo‘shiladi.
Portlandsement
havoda qotsa, hajmi kichrayadi, suvda
qotganda esa bir oz ortadi
(sement bo‘ladi).Portlandsement suv bilan ta’sir etib issiqlik ajralib chiqadi.(50-60
0
). Bu ba’zan
massiv konstruksiyalarga yaramasa, qishda beton qorishma tayyorlashda qo‘l keladi. Suv
muzlamaydi.
Dostları ilə paylaş: