Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1
Portlandsementning mustaxkamligi namunalarni
siqilishiga
va
egilishiga
mustaxkamligi bilan belgilanadi. 1:3 nisbatda plastik sement qorishmasi 4x4x16 to‘sinchalar
tayyorlanib egilishga mustaxkamlik chegarasi yarim to‘siqchalar siqilishga mustaxkamlik
chegarasi sinaladi. Bunda namuna 28 sutka davomida quritiladi.
28 sutka quritilgan namunaning siqilishiga mustaxkamlik chegarasi sementning
aktivligi deyiladi va sement markalanadi. Sement aktivligi 546 kg/sm
2
bo‘lsa uning markasi
500.
Portlandsement aktivligi 300, 400, 500 va 600 belgilangan. Sement qorishmasiga suv
qanchalik ko‘p qo‘shilsa undan tayyorlanilgan namunaning mustaxkamligi shuncha kam bo‘ladi.
Portlandsementni maydaligi 088- nomerli (ko‘zlarining yirikligi 0,08 mm ) elakdan
uning namunasi og‘irligining 85 % i o‘tsin.
Portlandsementdan tayyorlangan beton 3 kun qotgandan keyin uning mustahkamligi
shu marka uchun belgilangan 28 kunlik mustaxkamlik yarmiga erishadi. Mustaxkamlikning
qrogan yarmiga 25 kundan keyin. Umuman portlandsementning 28 kundagi mustaxkamligi
moxsimol mustaxkamligi o‘rta hisobda 50 % tashkil qiladi.
Qotish muddati. Standartda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq portlandsement 45
minutdan keyin qota boshlashi va kamida 12 soatda qotib bo‘lishi lozim.Quruvchilar
qorishmani qota boshlashdan oldin ishlatib ulgurishi kerak. t
0
↑ bilan sementning qotish
tezlashadi.
t↓ bilan sementning qotishi sekinlashadi. Sement mayda tuyilganligi ham qotish
muddati ta’sir qiladi. Suv keragidan ortiq qo‘shimcha ham sementning qotishi sekinlashadi.
Takrorlash uchun savollar: 1.
Sement ishlab chiqarishni nazorat qilish haqida yoriting?
2.
Portlandsementning qotish nazariyasi haqida yoriting?