58
Bu turdagi sementlar yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarishga,
gidratatsiya paytida ko‘p issiqlik ajratishi esa, qishki mavsumda beton ishlarini bajarishga imkon
yaratadi. Lekin issiqlikning ko‘p ajratishi bu sementlarni massiv konstruksiyalarda
ishlatishda
qiyinchilik tug‘diradi. OBTS tarkibida S
3
A ning ko‘p bo‘lishi sulfoalyuminatli korroziya
ehtimoli bor joylarda beton ishlarini olib borishga imkon bermaydi.
Sulat muhitga chidamli sement
– tarkibida C
3
S 50 % gacha, S
3
A 5% gacha va C
3
A +
C
4
AF esa 22 % gacha bo‘ladi. Sementning bu turi sulfat kislotasi qoldiqlari bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan hollarda, sho‘rxoq erlarda ishlatishga mo‘ljallangan. S
3
A ning minimal miqdorida
bo‘lishi undan sovuqqa chidamliligi yuqori beton olishda foydalaniladi.
Bu sementni olishda,
unga gidravlik qo‘shimchalar qo‘shilmaydi, faqat gips, plastifikatorlar va gidrofoblovchi
moddalar kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: