Granullangan elektrotermofosfor shlaklari. Bu turdagi shlaklari fosfatli mineral xom ashyolar – fosforitlar va apatitlarni – oddiy
fosfor ajratib olish uchun ularga elektrotermik ishlov berishda xosil bo‘ladigan qo‘shimcha
maxsulotlardir. 1t fosfordan – 10 – 12t shlaklar xosil bo‘ladi va ular quyidagilardan iborat SaO –
MgO yig‘indisi 80 – 85%. Elektrotermofosfor shlaklar shlakoportlandsement ishlab chiqarishda
ishlatiladi. Bu shlaklarda kuyidagilar bo‘lishi kerak:
SiO
2
– 38% dan kam emas
SaO + MgO – 43% dan kam emas
R
2
05 – 2,5% dan ko‘i emas
Granullangan yoqilg‘i shlaklari Ular kukunsimon toshko‘mirni 1500 – 1700S da yoqishda xosil bo‘ladi. Ularning
mineralli qismini o‘txonadan erigan shlak ko‘rinishida chiqarib olinadi va suvda granullanadi.
Ular asosan shaffof kislotali ferroalyumsilikat shishadan iborat bo‘ladi. Tarkibida 85 – 92%
gachan SiO
2
, AL
2
O
3
, F
2
O mavjud. Bular bir xil kimyoviy va fazoviy tarkibga egadir. YOnilg‘i
granullargan shlaklardan tayyorlangan bog‘lovchilar avtoklavdi qotishda gidrogranat, murakkab
tarkibli birikmalar xosil qilib qotadi.
Domna shlaklarni granullash (aktivligini oshirish) Bog‘lovchi moddalar uchun muljalangan shlaklar keskin suv; bug‘, xavo bilan sovutilsa
ularni faolligi oshadi.
Zamonaviy metallurg zavodlarida granullashni ikkita usulini qo‘llashadi – xul va quruq.
Xo‘l usulda qaynok suyuk shlaklar suvli basseynga ko‘yuladi. Basseynlar domna kechlarning
yonida joylashgan bo‘lib, ularning sig‘imi 450 – 800m
3
va to‘rt burchakli betonn rezervuar
ko‘rinishda bo‘ladi xul granullashda 1t shlakni sovutishga 2 – 2,5m
3
suv sarflanadi. Ammo bu
usulni kamchiliklari bor: olingan shlaklar yukori namlikka ega bo‘ladilar 20 – 30%, quruq usulda
granullash barabanli, suv bilan zarb beruvchi asboblarda utkaziladi. Granullargan shlaklar
aralashtirishgan shlakoportlandsement, shlakli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda
ko‘llanadi.