Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1
SHlakli sementlar Bu portlandsement klinkerni domna yoki elektrotermofosforli shlak va ikki suvli gips
bilan birgalikda to‘yib olinadigan gidravlik bog‘lovchi moddadir. SHlakoportlandsementga shlak
massa bo‘yicha 21% dan kam va 60% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda solinadi. 300 markadagi
shlakoportlandsementga shlak massa bo‘yicha 60% dan ortiq, ammo 80% dan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda solinadi. Gipsni bog‘lovchi moddalarning tutib qolishini tezlashtirish uchun kiritiladi.
Uning narxi portlandsement narxidan 15 – 20% arzon bo‘ladi. Bugungi bizning mamlakatimizda
ishlab chiqarilayotgan sementning 25% ini shlakoportlandsement tashkil qiladi. Klinker olishda
shlakldan gilli komponent sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday klinker
tayyorlashda shlak avval 600 – 700
0
S dan ortiq bo‘lmagan xaroratda quritiladi, 1 – 2% namlik
qolguncha, qolgan ishlab chiqarish jarayonlari esa portlandsement zavodlarida qo‘llaniladigan
jarayonlar kabi kechadi. Qo‘ritilgan shlak, portlandsement klinkeri va gips o‘lchab sharli
tegirmonda tuyadi.
To‘tishini engillashtirish uchun 1% gacha sifatiga ta’sir etmaydigan maxsus kushimchalar
kushish tavsiya etiladi. Tez qotuvchi shlakoportlandsementni satxi yuzasi 4000 – 5000sm
3
/g
bo‘lganga tuyuladi. SHlakoportlandsementni aktivligini oshirish uchun sementda shlakni
ulushini kamaytirish va maydalik darajasini oshirish kerak. Oddiy shlakoportlandsementda
asosiy granullangan shlaklar miqdori 50 – 60% nordon qo‘shimchalar 30 – 40% bulishi kerak.
Ayni vaktlarda shlakni 8 – 10% mikdorini nordon kremniyni ko‘shimga bilan (trepel, opoka va
x.) alm ashtirish mumkin. SHlakoportlandsementni qotish jarayonida ikkita komponent ishtiroq
etadi – klinker va granullangan domna yoki elektrofosfor shlaki suv bilan ta’sirlashuvida birinchi
navbatda klinker zarrachalari reaksiya kirishadi. Natijada Sa(ON)
2
ajralib chiqadi va kalsiy
gidrosilikatlar, keyingalik shlak Sa(ON)
2
ni yutganda, uning suyuk muxitda konsentratsiyasi
kamayadi. Bir vaqtda gips alyuminat kalsiy bilan reaksiya kirishadi va 3SaO AL
2
O
3
3SaSO
4
(30
– 32) N
2
O xosil qiladi reaksiya davom etganda SSN (II) S
2
AN
8
larni xosil qilinadi.
SHlakoportlandsementni (80 – 100
0
S) kotishida yangi xosil bo‘lgan maxsulotlarni tarkibi oddiy
57
xaroratda xosil bulgan maxsulotlardan farqi yo‘k. Fakat avtoklavlarda (174,5 – 200
0
S), tuyingan
bug‘ bosimi ostida (0,8 – 1,5MPa) gidrosilikat, gidrogranatlar xosil bo‘ladi.