A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Nazorat savollari 
1.
Portlandsement turlarini gapirib bering.
2.
Putssolanli va shlakli sementlar nima?
3.
Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.
4.
Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib 
bering.
 
Ma’ruza. № VI/12 
Mavzu: SAS sementlar asosida ko‘p komponentli sement ishlab chiqarish. 
 
Reja: 
1
Sementlarni asosiy konpanentlari 

Ko’p konpanentli sementlarni ishlab chiqarish
Klinker. Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog‘liq. O‘z 
navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va minerallarga birikkan holatda tashkil qiladi. U asosan 
kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega. 
Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo‘yicha %): SaO-
63-66, SiO2-21-24, Al2O3-4-8, Fe2O3- 2-4: bundan tashqari MgO, SO3, Na2O va K2O hamda 
TiO2, Cr2O3, P2O5 lar oz miqdorda bo‘ladi. 
Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi. 
Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, alyuminatlarni, 
alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi. 
Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli alyumoferrit kiradi. 
Alit 3SaO.SiO2 (C3S) klinkerning asosiy minerali bo‘lib, sementning qotish tezligini, 
mustahkamligini belgilaydi. Alit klinker tarkibida 45-60% bo‘ladi. Uning tarkibida 2-4% 
atrofida MgO, Al2O3, P2O3, Cr2O3 va shu kabilar bo‘lib, alit xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Alit kristallari uzunchoq (3-20 mkm) bo‘lib, sement aktivligini oshiradi. 
Belit 2SaO.SiO2 (C2S) klinkerning ikkinchi asosiy minerali bo‘lib, sementning vaqt 
o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan mustahkamligini ta’minlaydi. Belit klinker tarkibida 20-30% 
tashkil etadi va boshlang‘ich davrda sekin qotadi. Uning tarkibida 1-3% atrofida Al2O3, MgO, 
Fe2O3, Cr2O3 va shu kabilar bo‘ladi. 
Kuydirish xumdonlaridan chiqqan klinkerni asta-sekin sovutish natijasida, harorat 5250S 
dan pasayganda 
-S2S o‘rniga 
-S2S hosil bo‘lishi belit strukturasining buzilishiga va 
klinkerning kukunga aylanishiga olib keladi. Bunda klinkerning hajmi 10% ortadi, -S2S ning 


63 
zichligi 3,28 g sm3 dan 
-S2S ning zichligi 2,97 g sm3 gacha kamayadi. Hosil bo‘lgan 
-
S2S 1000S haroratgacha suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va bog‘lovchilik xususiyatlariga ega 
bo‘lmaydi. SHuning uchun klinker maxsus sovutish moslamalari yordamida tezlik bilan 
sovutiladi. Bundan tashqari Al2O3, MgO, Fe2O3, Cr2O3 kabi oksidlar (1-3% atrofida) -Sa2S 
strukturasini stabillashishiga va -Sa2S ga aylanishiga yordam beradi. Klinker tarkibida alit va 
belit 75-80% ni tashkil etgani uchun ularning gidratatsiya mahsuloti portlandsementning asosiy 
xossalarini belgilaydi. 
Uch kalsiyli alyuminat 3SaO.Al2O3 (C3A) klinker tarkibida 4-12% bo‘lib, 10-15 mkm 
o‘lchamdagi kristallarni tashkil qiladi. U suv bilan reaksiyaga kirishib juda tezlik bilan 
gidramineral hosil qiladi, lekin yuqori mustahkamlikka ega bo‘lmaydi. Uch kalsiyli 
alyuminatning zichligi 3,04 g sm3 bo‘lib, sulfatli muhitda kimyoviy korroziyaga sabab bo‘ladi 
va shu tufayli S3A miqdori klinker tarkibida 5% dan oshmasligi kerak. 
To‘rt kalsiyli alyumoferrit 4SaO.Al2O3.Fe2O3 (C4AF) klinker tarkibida 10-12 % ni 
tashkil etadi. Uning zichligi 3,77 g sm3. S4AF gidratatsiyalanish tezligi o‘rtacha bo‘lib, 
sementning gidratatsiyalanish va qotish tezligiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Klinker shishasi 
oraliq modda sifatida 5-15% ni tashkil etadi. Uning tarkibini Al2O3, MgO, Fe2O3, K2O, Na2O 
lar tashkil etadi. 
Magniy oksidi alyumoferrit fazasi va klinker shishasi tarkibiga kiradi yoki erkin holda 
bo‘lishi mumkin. MgO juda sekinlik bilan gidratatsiyalanishi (Mg(OH)2), qotgan sement toshi 
tarkibida MgO ning 5% dan ko‘p bo‘lishi sementning hajmini notekis o‘zgarishiga va undan 
tayyorlangan materiallarning buzilishiga olib keladi. 
Klinker tarkibida SaO erkin holatda bo‘lishi mumkin. Uning miqdori 1% dan ortib ketsa, 
gidratatsiya natijasida (Sa(ON)2) sement hajmini notekis kengayishiga olib keladi. Natriy va 
kaliy ishqorlari klinkerning alyumoferrit fazasi bo‘lib, sement tarkibida sulfatlar ko‘rinishida 
bo‘ladi. 
Klinker ishlab chiqarish 
Klinker ishlab chiqarishda xomashyo tarkibini 75-78% ohaktoshlar va 22-25% 
giltuproqlar tashkil etadi. Xomashyo tarkibini boyitish uchun tarkibiy oksidlarning birini tashkil 
etuvchi komponentlar kiritiladi. Kremniy oksidning miqdorini oshirish uchun kolchedan 
ogarkalari yoki rudasi qo‘shiladi. Bundan tashqari sement ishlab chiqarishda sanoat 
chiqindilaridan shlaklar, toshko‘mir kuli, nefelin shlami ishlatiladi. Ularning tarkibida 50-60% 
SaO; 25-30% SiO2; 2-5% Al2O3; 3-8% boshqa oksidlar bo‘lishi mumkin. Bu yarimtayyor 
komponentlarni sement tarkibiga kiritilishi yoqilg‘i sarfini 20-25% kamaytiradi. 
Klinkerni kuydirish asosan yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz, xususiy hollarda esa toshko‘mir 
kukuni yoki mazut ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza kuydiriladi, ko‘mir va mazut 
yoqilishi esa klinkerni 10-20% ga nokerak komponentlar bilan boyitadi. 
Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ohaktosh va giltuproqni 
qazib chiqarish va zavodga keltirish; xomashyoni tayyorlash; xomashyoni kuydirib klinker olish; 
gips olib klinkerni tuyish (15% gacha gidravlik qo‘shimchalar qo‘shish mumkin); sementni 
omborxonalarga joylashtirish. 
Xomashyo pishirish xumdonlariga 3 xil usulda tayyorlanadi: quruq, xo‘l va 
kombinatsiyalashgan usullar. 
Xo‘l usulda xomashyo komponentlari turli usullarda maydalanib aralashtiriladi va suv 
ishtirokida tuyiladi. Hosil bo‘lgan massa-shlam nasoslar yordamida shlambasseynlarga 
yuboriladi. SHlam tarkibidagi suv miqdori 35-45% ni tashkil etadi. Uning tarkibidagi oson 
eruvchan ohaktosh, giltuproq dispers majmuani hosil qiladi. Ho‘l usulda klinker pishirilganda 
yoqilg‘i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5-2 marta ko‘p sarflanadi. Ho‘l usulda xom ashyo 


64 
tayyorlanganda suv ishtirokida mayin shlam massasi hosil bo‘ladi. Bu usulda xomashyo 
materiallar-ohaktoshlar karerdan keltiriladi va jag‘li va to‘qmoqli maydalagichlarda 5 mm 
kattalikgacha maydalanadi. Giltuproq va bo‘r yumshoq bo‘lganligi uchun glinaboltushkalarda 
ezg‘ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda sharli tegirmonlarda suspenziya 
holatigacha tuyiladi. SHarli tegirmon uzunligi 15 m, diametri 3,2 m bo‘lgan, po‘latdan ishlangan 
silindr bo‘lib, ichi 3 bo‘lakka bo‘lingan. Xomashyo ichi bo‘sh vallar (sapfa) orqali bosim ostida 
bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida birinchi va ikkinchi 
bo‘lmalar po‘lat yoki cho‘yan sharlar bilan, uchinchi bo‘lma esa kichik o‘lchamdagi silindrlar 
bilan to‘ldiriladi. Quvursimon tegirmonlar to‘xtovsiz ravishda ishlaydigan uskuna bo‘lib, soatiga 
30-50 tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantirib beradi. 
Hosil bo‘lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po‘latdan yasalgan 
shlambasseynlarga yuboriladi. SHlambasseynlarda shlam tarkibi etiladi va 5-7 kunlik zahira 
miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o‘lchovli ta’minlovchi orqali aylanma xumdonlarga 
kuydirish uchun uzatiladi. 
Quruq usulda klinker siklonli issiq almashinuvchi reaktor-dekarbonizatorlarda pishiriladi. 
Bu usulda bir texnologik tizimda 3000 tonnagacha klinkerni pishirish mumkin. Bu usulda 
yoqilg‘i sarfi ho‘l usulga nisbatan 30-40% kam sarflanadi. Xumdonlarga metall sarfi 2,5-3 marta 
kamayadi. Quruq usulga binoan ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1-2% qoldiq namlikgacha 
maydalanadi. 
Kombinatsiyalashgan usulda ho‘l usulda singari bo‘lakchalar tayyorlanib so‘ng quritiladi 
va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda yoqilg‘i sarfi 20-30% gacha ho‘l usulga nisbatan kam 
sarflanadi. 
Ta’kidlash zarurki, klinker olishda har bir usulning yutuq va kamchiliklari mavjud bo‘lib, 
ho‘l usulda suvli sharoitda xomashyo tez maydalanadi, ammo quruq usulga nisbatan yoqilg‘i 
1,5-2 
marta ko‘p sarflanadi. Keyinchalik, xomashyoni maydalash texnologiyasini 
mukammallashtirish, siklonli issiq almashtiruvchi va dekarbonizatsiyalovchi reaktorlar bilan 
kuydirish xumdonlarini ta’minlash klinker ishlab chiqarishda quruq usulga o‘tishni ta’minlaydi. 
Sement ishlab chiqarishda kuydirish xumdoni asosiy vazifani o‘taydi va eng murakkab jarayon 
bajariladi. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin