59
Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar
– klinker tuyilayotgan
paytida uning tarkibiga
0,25 % ( massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil organik
qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.Bunday sementlar asosida olingan
beton va qorishmalar
harakatchanligi juda yuqori bo‘ladi.Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement
nisbati
pasayadi, zich beton g‘osil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi,
sement sarfi, beton
sifatini
pasaytirmagan holda, 10-20 % gacha kamayadi.
Gidrofob sement
– klinker tuyulayotganda 0,1-0,2 % milonaft, asidol,
yoki kislotalar, kub
qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi.Bu sement oddiy oddiy sementga nisbatan gigroskopligi kam
bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo‘qotmaydi. Gidrofob qo‘shimchalar beton va
qorishmalarni
qisman plastifikatsiyalaydi, harakatchanligini oshiradi,
keyinchalik buyum va
kostruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi.
Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida saqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: