A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Mineral qo‘shimchali sementlar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Mineral qo‘shimchali sementlar
.Aktiv mineral qo‘shichalar (AMQ) tabiiy va sun’iy 
bo‘lishi mumkin.Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka, glej, vulqon kuli, tuf, pemza, trass va shu 
kabilar kiradi.
 
 
Sementga AMQ larning kiritilishi ular tarkibidagi aktiv kremnezemning ( SiO
2
) sement 
gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa (ON)
2
bilan reaksiyaga kirishib, havoda va suvda qotadigan 
kalsiy gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada sement klinkeri tejalishi bilan birga 
suv va boshqa agressiv muhitlarga chidamli sementning turlarini hosil qilishi mumkin. 
Putssolanli portlandsement (PPS)
–klinker, gips va aktiv mineral qo‘shimchalarni 
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi jinslar ( diatomit, opoka, trepel ) 20 – 30 %, 
vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej va yoqilg‘i kullari 25 -40 % atrofida klinker 
tarkibiga kiritiladi. 
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi aktiv kremnezem quyidagi reaksiyaga binoan 
Sa (ON)
2
bilan birikadi: 
mCa(OH)
2
+SiO
2akt
+nH
2
O+(0,8-15) CaOSiO
2
pH
2

Kalsiy gidrooksidning biriktirilishi sement toshi birinchi turdagi korroziyasini 
ogohlantiradi va mustaxkamlikni oshiradi. Putssolanli sement normal sharoitda oddiy sementga 
nisbatan sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi betonlar nam va suvli sharoitlarda 
ishlatilganda gidrat birikmalaridan suvning bug‘lanishi xisobiga kirishadi va qisman 
mustaxkamligini yo‘qotadi. 
SHlakli portlandsement (SHPS)
klinker bilan donali domna yoki elektrotermofosfor 
shlakiga gips qo‘shib maydalab tuyib olinadi. SHlakli portlandsement tarkibida domna shlaki 20-
80 % ( sement massasiga nisbatan) atrofida bo‘ladi. SHlak o‘rniga 10 % gacha aktiv mineral 
qo‘shimchalar ishlatilishi mumkin. Domna shlakning oksid tarkibi (%) : 30 50 SaO; 28-30 SiO
2

8-24 Al
2
O
3
; 1-3 MnO. Ularning umumiy miqdori 90-95 % atrofida bo‘ladi. 
SHlakning gidravlik aktivligi sifat koeffitsenti bilan aniqlanadi: 
K=%CaO+%MgO+Al
2
O
3
/ %SiO
2
+%TiO
2
Sifat koeffitsentiga qarab shlaklar 3 navga bo‘linadi.SHlaklar ham putssolan qo‘shimchalar kabi 
kalsiy ishqori bilan kichik asosdagi gidrosilikatlarni ( CaOSiO
2
*2,5H
2
O) va gidroalyuminatlarni 
( 2CaO*Al
2
O
3
8H
2
O) hosil qiladi. SHPS gidratatsiyasi davrida issiqlikning kam ajrab chiqishi 
ular asosida massiv temir bnton konstruksiyalar tayyorlashda asqotadi. Bu turdagi sementning 
putssolanli sementlarga nisbatan suvga ehtiyoji kamroq bo‘lib, atmosferaga va sovuqqa
chidamligi yuqoridir. Ammo SHPS birinchi sutkalarda sekin qotadi, ayniqsa, past haroratli 
muhitda. SHlakli portlandsement 300, 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin