A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar.
Kengayuvchan sement ko‘p 
komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3 SaO*Al
2
O
3
*3CaSO
4
*32H
2
O keltirish mumkin. 
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy 
gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirib olinishi mumkin. Bu turi tez qotadi va suv 
muhitiga chidamli bo‘ladi. 
Gipsligiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker yoki shlak va tabiiy 
gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. Bu sement suvda 
kengayadi, quruq sharoitda esa kirishmaydi. 
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker (shlak) – 5-7 
%, gips -7-10 %, aktiv mineral qo‘shimchalar -23-28 % komponentlarni birgalikda maydalab 
tuyib olinadi.KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustaxkamlikka ega bo‘lib, 
bug‘ bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi. 


60 
Zo‘riqish hosil etuvchi sement
– portlandsement -65-75 %, giltuproqli sement -13-20%, 
gips -6-10 % tashkil etuvchilardan iborat. Uning dispersligi 3500 sm
2
/g kam bo‘lmasligi 
kerak.Ushbu sement qotayotgan paytda katga ichki zo‘riqish hosil qilish hisobiga armaturani 
taranglanishiga olib keladi. Bunday sementlarning qotish boshlanishi 30 min keyin va oxiri 4 
soatdan kam bo‘ladi. Uning siqilishdagi mustaxkamligi 1 sut 15 MPa, 28 sut esa – 50 MPa 
bo‘lishi kerak. 
Ushbu sement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar hosil qilgani uchun gaz
benzin, va sh.k. mahsulotlar saqlash omborxonalarida, bosim ostida ishlaydigan suv 
inshoatlarida ishlatiladi. 
Past haroratda kuydirilgan sement – birinchi marta O‘zbekistonda professor 
B.I.Nudelman tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, alinitli sement deb ataladi.Alinitli sement 
xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid (CaCl
2
) tuzi qo‘shiladi. Xomashyo tarkibiga CaCl
2
qo‘shilishi, sementni tayyorlash katta miqdorda energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy 
samaradorlikni oshiradi. 
Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan temirbeton 
konstruksiyalar armaturasini emirish mumkin. Bunday ta’sirni kamaytirish maqsadida sement 
yoki beton tarkibiga turli xildagi metallning xlorli korroziyasini ogoxlantiruvchi ingibitorlar 
qo‘shish zarur. 
Sulfomineral sementlar SAS – fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi hisoblangan 
fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev yaratgan texnologiya asosida ishlab chiqariladi. 
Tez qotuvchan yuqori mustaxkamlikdagi oddiy va oq sulfomineral sementlar fosfogipsga 
kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va ohaktoshlar aralashtirib tayyorlangan hom 
ashyoni 1200- 1250 
0
S haroratda kuydirib olinadi. SAS sementlarni kuydirishda yonilg‘i sarfi 
30% kamayadi, aylanma xumdonning unumdorligi 25 % ortadi. SAS sementi asosidagi 
materiallar atmosfera, suv muhitga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, ammo kompazitsion material 
qorilayotganda suvning sarfi biroz ko‘payadi. SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60 
% miqdorda aralashtirib yuqori mustaxkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular 
asosida qurilish qorishmalari va betonlar tayyorlash mumkin. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin