125
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
oq patli tovuq zotlariga chatishti rildi. F
1
da
hamma duragaylarning
pati oq rangli chiqdi. F
1
duragay avlodidagi xo‘roz va tovuqlarni o‘za
ro chatishtirib olingan ikkinchi avlodda patning rangi bo‘yicha ikki
ta fenotipik guruhga ajralish kuzatildi. Ularning 13/16 qismi oq patli,
3/16 qismi esa qora patli tovuqxo‘rozlar ekanligi aniqlandi.
Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olingan du
ragaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning qora bo‘lishi)ga ega
bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Endi tovuqlardagi pat rangining bun
day
tarzda irsiylanib F
2
da xilmaxil ajralish kuzatilishining genotipik
asoslari bilan tanishaylik.
Tovuq zotlarida IiCC, IICC, IiCc, iicc, IIcc,
Iicc genotiplar patning oq bo‘lishini ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar
esa patning qora bo‘lishini ta’min etadi. Tovuq zotlarida patning oqqora
bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. Ularning birinchi juf
ti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc)
holatda patning
qora bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga
zamin yaratadi. Unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft gen Ii esa, Cc gen
ning faoliyatini boshqaradi. Bu gen
ingibitor
gen deb ataladi va II, Ii ho
latlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to‘xtatadi. Natijada
C geni genotipda bo‘lsa ham, patning qora bo‘lishini
fenotipda namoyon
eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan
genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay av
lodlarda, otaona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: