A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Chala dominantlik.
Birinchi avlod duragaylari bir xil bo‘ladi degan 
qonun yuqorida ko‘rib chiqilgan misollarda shu bilan ifodalanadiki, du­
ragaylarning hammasi sirtdan ona yoki otaga o‘xshash, ya’ni do mi nantlik 
namoyon bo‘lganda amalga oshadi. Bu hamisha ham ku za tilavermaydi. 
Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, 
ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘sim­
ligi ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan bir­
ining gullari qizil, ikkinchisiniki — oq. Birinchi avlod duragaylarining 
hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.


107
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
sariq
sariq
sariq
yashil
Aa
Aa
A
a
x
sariq
sariq
AA
Aa
Aa
aa
a
A
Chala dominantlik keng tarqalgan hodisadir. Chala dominantlik, ya’ni 
oraliq irsiylanish qulupnay mevasining rangi, qushlar patining tuzilishi, 
andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va 
boshqalarda kuzatiladi.
o q
Gametalar
qizil
pushti
Qoramolda shoxsizlik geni shoxlilik genidan dominant bo‘ladi. 
Geterozigota buqani shoxsiz geterozigota sigirlar bilan chatishtirishda 
qanday natija kutish mumkin? Shoxsiz gomozigota sigirlar bilan 
chatishtirilganda nima bo‘ladi? Shoxli sigir bilan shoxli buqadan shoxsiz 
buzoq tug‘ilishi mumkinmi?
46- §. Mendelning ikkinchi qonuni
Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish)
qonuni.
Agar geterozigota ho­
latdagi F
1
bo‘g‘inlar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘in (F
2
)da ajralish 
hodisasi kuzatiladi: o‘zida ota­onalaridan ikkalasining belgilari bor o‘sim­
liklar ma’lum son nisbatlarida paydo bo‘ladi. Olingan duragaylarning 3/4 
qismi dominant belgiga, 1/4 qismi retsessiv belgiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi 
misolda gomozigota sariq va yashil donli no‘xatlar o‘zaro chatishtirilib, F
1
da sariq donli no‘xatlar olindi. F
1
ni o‘zaro chatishtirib ko‘ramiz:



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin