104
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
deb yuritiladi. Bunga faqat organizmning ko‘rinadigan tashqi
belgilari
(teri rangi, soch,
quloq yoki burun shakli, gullarning rangi) emas, balki
biokimyoviy (oqsilning tuzilishi, ferment faolligi, qondagi garmonlar kon
sentratsiyasi va boshqalar), gistologik (hujayraning shakli, to‘qimalar va
organlar tuzilishi), anatomik (tana tuzilishi, organlar joylashuvi) belgilari
ham kiradi.
1.
2.
3.
4.
5.
Genetika fani nimani o‘rganadi?
Irsiyat deb nimaga aytiladi?
O‘zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi?
Gen nima?
Genotip va fenotip tushunchalarini o‘zaro taqqoslab bering.
44- §. Irsiyatni o‘rganishning duragaylash usuli
Belgilar
Dominant
Retsessiv
don shakli
don rangi
gul rangi
poya
uzunligi
dukkak shakli
silliq
sariq
qizil
uzun
oddiy dukkak
burishgan
yashil
oq
kalta
bo‘g‘imli dukkak
Jinsiy ko‘payishda belgilarning bir qancha
avlodlarida nasldan naslga
o‘tib borishidagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi Gregor Mendel
tomonidan 1865 yilda chop qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq
vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay kelindi. 1900 yilda Mendel tadqiqotlari uch
yirik olim G. de Friz, E. Chermak va K.
Korrenslar tomonidan qayta
kashf etildi. Shuning uchun 1900 yil biologiyaning yangi paydo bo‘lgan
sohasi — genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.
G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat ustida o‘tkazdi. Bu o‘simlikning
har xil navlari ko‘p bo‘lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgilari bilan
birbiridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qizil, poyasi baland
va past bo‘yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki burishgan navlari bor.
Mana shu xususiyatlarining har biri mazkur nav doirasida nasldan naslga
o‘tib boradi. No‘xat odatda o‘zo‘zidan changlanadi,
lekin chetdan
changlanishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: