A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


- §. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

42- §. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun
1 kloakalilar (yexidna); 
2 xaltalilar (kenguru);
3 juft tuyoqlilar (bugu); 
57- rasm.
Umurtqalarida mur-
takning o

xshashligi: 
4 yirtqichlar (mushuk); 
5 primatlar (martishka); 
6 odam. 
Barcha ko‘p hujayrali organizmlar bitta urug‘langan tuxum hujay-
ra (zigota)dan rivojlanadi. Bir tipga mansub organizmlar murtagini-
ning rivoj lanishi ko‘p tomondan o‘xshash. Barcha xordali hayvonlarning 
embrio nal rivojlanish davrida ichki skelet — xorda shakllanadi, nerv nayi 
hosil bo‘ladi, halqumining oldingi qismida jabra yoriqlari paydo bo‘ladi. 
Umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o‘xshashdir 
(57- rasm). Bu dalillar K. Ber tomonidan embrionlarning o‘xshashlik 
qonunida il
gari surilgan. 
Embrionlarning o‘x shashlik qonunining is bo-
ti: «Em brion dastlabki rivoj lanish davrida tip uchun umumiy bel gilari 


102
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
jihatidan o‘x shash bo‘ la di». Har xil sistematik guruhga mansub orga-
nizmlar murtagining rivojlanishini o‘x shash bo‘lishi, ularning kelib chiqish 
birligining isbotidir. Keyinchalik embrional rivojlanishda sinf, oila, tur va 
oxirida o‘sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi. Embrionning rivojla-
nish jarayonida belgilarning ajralishi 
embrional divergensiya deb ataladi. 
organizm o‘zining rivojlanish davrida doimiy ravishda o‘zgarib boradi. 
Mutatsiya homilaning dastlabki davrlarida tuzilish va moddalar almashi-
nuviga ta’sir etadigan genlarning o‘zgarishiga olib keladi. o‘zgargan belgi-
lar keyingi rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. 
Boshlang‘ich xorda nerv naychasining hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsa-
tadi, uning yo‘qolishi rivojlanishni to‘xtatadi. Shuning uchun dastlabki 
bosqich dagi o‘zgarishlar odatda rivojlanishdan orqada qolishga yoki nobud 
bo‘lishga olib keladi. Keyingi bosqichlardagi o‘zgarishlar, kamroq ahami-
yatga ega bo‘lgan belgilarga ta’sir qilib, organizm uchun foydali belgilarni 
yuzaga chiqaradi va bu o‘zgarish tabiiy tanlanishda saralanib boradi. 
Hozirgi zamon hayvonlarining embrional rivojlanish bosqichida ajdod-
lari ga o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishi, organlar tuzilishidagi evolu-
tsion qayta shakllanishni aks ettiradi. organizm o‘z rivojlanish jarayonida 
bir hujayrali (zigota) bosqichini o‘tadi, ya’ni dastlabki amyobasimon bos-
qichni filogenetik takrorlaydi. Barcha umurtqalilarda, yuksak tuzilishga 
ega bo‘lganlarida ham dastlab xorda hosil bo‘lib, keyinchalik umurtqa 
pog‘onasiga aylanadi. Ularning ajdodida esa xorda butun umri davomida 
saqlanib qolgan. Embrional rivojlanish jarayonida qushlar, sut emizuv-
chilar va odamda halqum atrofida jabra bo‘ladi. Quruqlikda yashaydigan 
umurtqalilar embrionida jabra yoriqlarining bo‘lishi, ular jabra bilan nafas 
oluvchi baliqsimon ajdodlardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. 
odam embrionining dastlabki bosqichlarida yurak tuzilishi baliq-
larnikiga o‘xshash: bitta qorincha va bitta bo‘lmachadan iborat bo‘lib, qon 
aylanish doirasi bitta bo‘ladi. Tishsiz kitlarning embrionlik davrida tish 
paydo bo‘ladi. Bu tishlar milkni yorib chiqmaydi, balki parchalanib so‘ri-
lib ketadi. Yuqorida keltirilgan misollar individual rivojlanish bilan ta rixiy 
rivojlanish o‘rta sidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin