105
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Mendel tekshirishning gibridologik usulini — ma’lum belgilari jihatidan
birbiridan ajralib turadigan otaona formalarini chatishtirish usulini qo‘lla
di va kuzatilayotgan belgilarning bir qancha
avlodlarda qanday namoyon
bo‘lishini o‘rgandi. U tahlil qilish yo‘li bilan o‘simliklarning juda ko‘p
turlituman belgilaridan bitta yoki birbiriga qaramaqarshi bir nechta bel
gilarini ajratib oldi va ketmaket keladigan bir
qancha avlodlarda qanday
namoyon bo‘lishini kuzatdi. Mendel tajribalarining mohiyati shundan ibo
ratki, o‘rga nilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo‘lishini
miqdor jihatidan aniq hisobga olib borishida bo‘ldi.
Bu unga irsiyatdagi
muayyan miqdoriy qonuniyatlarni belgilab olishga imkon berdi.
Mendel qo‘llagan usul —
duragaylash
yoki
chatishtirish usuli
deb
ataladi.
Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel
monoduragay
chatishtirishdan
— irsiy jihatdan bir juft belgisi bilan farq qiladigan otaona organizm larni
chatishtirishdan boshladi.
Doni sariq va yashil no‘xat o‘simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish
natijasida olinadigan birinchi avlod duragaylarning hammasida doni sariq
bo‘ladi. Qaramaqarshi belgi (donlarning yashilligi) go‘yo yo‘qolib ketadi.
Shuningdek, doni silliq va burishgan o‘simliklar o‘zaro
chatishtirilganda
birinchi avlod (F
1
) silliq donli bo‘lgan, qizil va oq gulli no‘xatlarni o‘zaro
chatishtirilganda F
1
(birinchi bo‘g‘in) qizil gulli bo‘lgan. Mendelning bi
rinchi avlod duragaylarining bir xilligi mana shunday namoyon bo‘ladi.
Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang)
yuzaga chiqishiga
go‘yo yo‘l qo‘ymaydi va F
1
duragaylarning hammasi sariq (bir xil) bo‘lib
qoladi. Belgining
ustun turishi dominantlik,
ustun turadigan belgi
Dostları ilə paylaş: