A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
4.


98
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug‘ilishi bilan embrional rivojla- 
nish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri boshlanadi. 
Postembrional rivojlanish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri (metamorfoz) bo‘ladi.
To‘g‘ri rivojlanish (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) da 
tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug‘ilgan embrion voyaga yet-
gan organizmlarga o‘xshaydi, faqat kichik bo‘ladi. Postembrional rivojla-
nishda embrion o‘sadi, rivojlanadi va jinsiy balog‘atga yetadi.
Noto‘g‘ri (metamorfoz) rivojlanishda tuxum dan lichinka chiqadi. Lichin-
ka voyaga yetgan organizmdan tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi. Li chin ka
oziq lanadi, o‘sadi va ma’lum muddat davomida lichinka organlari voyaga yet-
gan organizm organlari bilan almashinib boradi. Binobarin noto‘g‘ri rivoj -
lanishda lichinka or ganlari o‘rnida voyaga yetgan organizmga xos organ lar
hosil bo‘ladi. Noto‘g‘ri postembrional rivojlanishni bir necha misollar yor-
damida ko‘rib chiqamiz.
Assidiya (xordalilar tipi, lichinka — xordalilar kenja tipi)ning li-
chinkasi xordali hayvonlarning asosiy belgilarini: xorda, nerv nayi va 
halqumida jabra yoriqlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi (54- rasm). 
Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv tubidagi qattiqroq narsa-
ga yopishib olib, metamorfozga uchraydi. Uning alohida dumi, xordasi 
muskullari yo‘qolib ketadi, nerv nayi hujayralarga bo‘linib fagositlarni 
hosil qiladi. Lichinkalarning nerv nayidan nerv tuguni hosil qilishda 
ishtirok etadigan, faqat ayrim hujayralar to‘plami gina qoladi. Voyaga yet-
gan assidiyaning tuzilishi umuman xordali hayvonlar tuzilishiga o‘xsha-
maydi. Assidiya lichinkasining tuzilishi bu hayvonning kelib chiqishi er-
kin hayot kechiradigan xordalilar ekanligidan dalolat beradi.
Assidiyadagi metamorfozni yuzaga kelishining asosiy sababi o‘troq 
holatda hayot kechirishga o‘tish bilan bog‘liqdir.
Amfibiyalarning lichinkalik bosqichi — itbaliqdir (55- rasm). Itbaliq 
uchun jabra yoriqlari, yon chiziq, ikki kamerali yurak, bitta qon ayla-
nish doira sining bo‘lishi xosdir. Metamorfoz jarayonida qalqonsimon bez 
gormonlari ta’sirida dum va yon chiziq organlari yo‘qoladi. o‘pka va ikki-
ta qon ayla nish doirasi rivojlanadi. Itbaliq bir qator belgilari (yon chiziq, 
yurak tuzili shi, qon aylanish sistemasi, jabra yoriqlari) bilan baliqlarga 
o‘xshab ketadi. 
Noto‘g‘ri rivojlanish — metamorfozga hasharotlarning rivojlanishi 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin