ontogenez boshlanadi. ontogenezning uchta tipi farqlanadi: 1. Lichinka-
li rivojlanish. Lichinkali ontogenez hasharotlarda, baliqlarda, ko‘pgina
parazit chuvalchanglarda kuzatiladi. 2. Lichinkasiz rivojlanish. Lichinka-
siz ontogenez baliqlarda, sudralib yuruvchilarda, qushkarda kuzatiladi.
3. ona qornida rivojlanish. Bu odam va boshqa yuksak sut emizuvchi-
larda kuzatiladi. ontogenez asosan ikkita: embrional va postembrional rivojla nish davriga bo‘linadi. Ko‘p hujayrali organizmlarning tuzilishidan
qat’iy nazar, embrional rivojlanish bosqichlari bir xil. Embrional davr
uchta asosiy bosqichlarga bo‘linadi: maydalanish, gastrulyatsiya va birlam-
chi organogenez.
Maydalanish. Ko‘p hujayrali organizmlarning dastlabki rivojlanish
bosqichlari bitta hujayradan boshlanadi. Urug‘langan tuxum — bu hujay-
ra, shu bilan bir vaqtda organizmning eng dastlabki rivojlanish bosqichi-
dir. Bir hujayrali organizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan
ko‘p hujayrali organizm hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir
necha daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum hu-
jayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, yani ikkita
blastomerga bo‘linadi.
Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘linadi. So‘ngra
blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida bir vaqtda bo‘lina di,
natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga keladi. Navbatdagi bo‘li nish
ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hujayra hosil bo‘ladi. Keyin meridinal
va ekvatorial bo‘linish navbatlashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar
hosil bo‘ladi, bular bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. Har
bo‘linishdan keyin paydo bo‘lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun
bu jarayon
maydalanish deb ataladi. Maydalanish bosqichida hujayralar
keyingi rivojlanish uchun to‘planib boradi (96- betdagi 50- rasm).
Maydalanish ko‘p hujayrali embrion —
blastula hosil bo‘lishi bilan
tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo‘lib, uning devori bir qavat
hujayralardan tashkil topgan. Blastula ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi,
bu bo‘shliq