90
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Metafaza I da — xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori
ko‘r sat kichga ega bo‘ladi. Kon’yugatsiyalashgan
xromosomalar juft-juft
holat da ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi. Sentromeraga bo‘linish ur-
chug‘i birikadi.
Anafaza I da — gomologik xromosomalarning yelkalari bir-biridan
aniq ajraladi. Lekin xromatidlarga ajralmay qutblarga tomon harakatlana
boshlaydi.
Telofaza I da — xromosomalar soni ikki
hissa kamaygan hujayralar
hosil bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida yadro qobig‘i hosil bo‘ladi. Interkinez
davrida DNK reduplikatsiyalanmaydi. Birinchi bo‘linish natijasida hosil
bo‘lgan hujayralar bir-biridan ota va ona xromosoma genlar yig‘indisi ji-
hatidan farq qiladi.
Telofaza II
Anafaza I
Profaza II
Metafaza I
Dastlabki
jinsiy
hujayralar
Metafaza II
Metafaza I
Telofaza II
Anafaza II
Profaza I
Boshlang‘ich Profaza I
Jinsiy hujayralarning hosil bo
‘
lishi (Meyoz).
48- rasm.
91
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
Meyoz bilan mitozning qanday farqlari mavjud?
Meyoz bosqichlari va ularda kechadigan jarayonlarni aytib bering.
Meyozning biologik ahamiyati nimadan iborat?
Nima uchun meyoz natijasida hosil bo‘ladigan gametalar irsiy
jihatdan xilma-xil bo‘ladi?
Misol uchun
odamda barcha hujayralarda, shu jumladan birlamchi
jinsiy hujayralarda ham 46 ta xromosoma bo‘ladi. Bulardan 23 tasi ota,
23 tasi ona organizmga taalluqlidir. Meyozning birinchi bo‘linishidan
so‘ng spermatotsit va ovotsitlarga 23 tadan xromosoma o‘tadi. Xromo-
somalarning tarqalishi anafaza I da turli xil variantlarda amalga oshadi.
Misol uchun: ulardan bittasida 3 ta ota organizm xromosomasi va 20 ta
ona organizm xromosomasi bo‘lishi mumkin, boshqasida 10
ta otalik va
13 ta onalik yoki boshqacha holatlarda xromosomalar tarqalishi mumkin.
Bunday holatlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Agar meyoz I bo‘linishda xromo-
somalardagi krossingoverni hisobga olinsa, har bir hosil bo‘lgan jinsiy hu-
jayra genetik jihatdan yagona bo‘lib, o‘ziga xos takrorlanmaydigan genlar
yig‘indisiga ega bo‘ladi.
Meyozning ikkinchi bo‘linishidagi
profaza II va
metafaza II da xud-
di mitozdagidek
jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki,
bo‘lina yot gan hujayra gaploid to‘plamga ega bo‘ladi.
Anafaza II da sen-
tromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajraladi, shu vaqtdan bosh-
lab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromosoma bo‘ladi.
Telofaza
II da xromosomalari gaploid to‘plamga ega bo‘lgan
ikkita hujayra hosil
bo‘ladi. Shunday qilib, meyoz natijasida har bir diploid to‘plamli bosh-
lang‘ich jinsiy hujayraning ikki marta ketma-ket bo‘linishi oqibatida 4 ta
gaploid to‘plamli yetuk jinsiy hujayralar — gametalar hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: