92
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Zigota yadrosida xromosomalarning hammasi yana juft bo‘lib qoladi;
har bir juft gomologik xromosomaning bittasi ota, ikkinchisi ona xromo-
soma bo‘ladi. Demak, urug‘lanish vaqtida
organizmlar har bir turning
somatik hu jay ralari uchun xarakterli bo‘lgan xromosomalarning diploid
to‘plami tiklanadi.
Hayvonlarda urug‘lanish
. Ko‘pgina suv
hayvonlari yoki suvda ham
quruqda yashovchilarda urug‘lanish bevosita suv bilan bog‘liq. Bu
hayvonlar ko‘payish davrida juda ko‘p tuxum hujayra va spermatozoidini
suvga chiqaradi. Suv orqali spermatozoid tuxum
hujayra ichiga kirib uni
urug‘lantiradi. Bu tashqi urug‘lanish deyiladi. Quruqlikda yashaydigan
hayvonlarda esa ichki urug‘lanish kuzatiladi.
Urug‘lanish jarayonida avval spermatozoid
tuxum hujayraga yaqinla-
shadi, uning bosh qismidagi fermentlar ta’sirida tuxum hujayra qobig‘i
erib, kichik teshikcha paydo bo‘ladi. Bu teshikcha orqali spermatozoid
yadrosi tuxum ichiga kiradi. Keyin har
ikkala gametaning gaploid
yadrolari qo‘shilib, umumiy diploid yadro hosil bo‘ladi, so‘ngra bo‘linish
va rivojlanish boshlanadi.
Ko‘pchilik holatlarda bitta tuxum hujayrani faqat bitta spermatozoid
urug‘lantiradi. Ba’zi hayvonlarda tuxum hujayraga
ikki yoki bir nechta
spermatozoid kirishi mumkin. Lekin ularni urug‘lantirishda faqat bittasi
qatnashadi, boshqalari esa nobud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: