A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

2.
3.
Jinsiy ko‘payishning jinssiz ko‘payishdan asosiy farqi nimada?
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi?
Tuxum hujayraning spermatozoiddan qanday farqi bor?
38- §. Meyoz
Jinsiy usulda ko‘payadigan organizmlarda o‘ziga xos bo‘linish usuli 
meyoz kuzatiladi. Meyoz so‘zining ma’nosi kamayish demakdir. Meyoz 
natijasida diploid to‘plamga ega bo‘lgan birlamchi jinsiy hujayralardan 
gaploid to‘plamli jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. Meyoz ketma-ket keladi-
gan ikkita bo‘linish bosqichlaridan iborat. Har bir meyoz bo‘li nish xud-
di mitoz sin gari to‘rt bosqichga: profaza, metafaza, anafaza, telofazaga 
bo‘linadi. Ularni farq qilish uchun birinchi bo‘linish fazalari oldiga I, 
ikkinchi bo‘linish fazalari oldiga II raqami qo‘yiladi (90- betdagi 48- 
rasm). Meyoz ham xuddi mi toz kabi interfazadan bosh la nadi. Meyoz 
bo‘linishi quyida ko‘rsatilganidek, ketma-ket keladigan bosqichlardan ibo-
rat bo‘lib, bu ning natijasida xromosomalar ma’ lum o‘zgarishga uchraydi. 
Buni sxema tarzida quyidagicha ifodalash mumkin.
Interfaza
profaza I
Interkinez 
profaza II
metafaza I 
metafaza II
anafaza I 
anafaza II
telofaza I 
telofaza II
Meyozning birinchi bo‘linishi bilan ikkinchi bo‘linishi orasidagi holat 
 
interkinez
deb ataladi. Ko‘pincha interkinez holat sodir bo‘lmay, telofaza I 
profaza II ga ulanib ketishi ham mumkin.
Birinchi bo‘linish fazalarining ichida eng murakkab va uzoq davom 
etadigan profaza I dir. profaza I da — xromosomalar spirallasha bosh-
laydi. Har bir xromosoma ikkita xromatiddan iborat bo‘lib, sentromera 
yordamida birikkan bo‘ladi. Gomologik xromosomalar o‘zaro yaqin-
lashadi. Bir xromatidning har bir qismi ikkinchi xromatidga aniq mos 
tushadi. Xromosomalar bir-biriga yopishib, yonma-yon joylashadi. Bu 
hodisa 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin