99
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
54- rasm.
Yuqorida — koloniya hosil qilgan voyaga yetgan hayvon. O‘ngda —
assidiya lichinkasining tuzilishi: 1- xorda; 2- nerv nayi; 3- jabra yoriqlari.
Assidiyada
metamorfoz.
55- rasm.
Yuqoridagi chapda — tuxumdan yangi
chiqqan itbaliq; yuqoridagi o‘ngda —
metamorfozning boshlanishi; pastda —
dum qoldig‘i bo‘lgan yosh baqa.
Baqadagi metamorfoz
rivojlanishining bosqichlari.
1
2
3
ham misol bo‘ladi (56- rasm). Qo‘ng‘iz va kapalakning lichinkalari tashqi
tuzi lishidan, hayot tarzi hamda yashash muhiti bilan voyaga yetgan orga-
nizmlardan keskin farq qiladi. Ularning ajdodi
halqali chuvalchanglarga
o‘xshab ketadi. Metamorfoz — hayot tarzi
va yashash muhitining alma-
shi nishi bilan bog‘liqdir.
100
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Noto‘g‘ri rivojlanishning biologik ahamiyati shundan iboratki, bitta tur-
ning lichinkalari va voyaga yetgan individlari har xil sharoitda yashaganligi
uchun ularning yashash joyi va oziq uchun o‘zaro raqobati kuzatilmaydi.
Faqat o‘troq yoki parazit holda yashashga moslashgan
organizmlarning li-
chinkalari erkin harakat qilib, turning keng tarqalishiga yordam beradi.
Postembrional rivojlanish davri turli muddat davom etishi mumkin. Mi-
sol uchun tut ipak qurtining qurtlik davri 20—24 kun davom etadi. Voyaga
yetgan kapalagi esa 5—10 kun yashaydi. Baqaning lichinkasi itbaliq 2—3
oyda baqaga aylanadi. Voyaga yetgan baqa bir necha yil yashaydi. Ko‘pin-
cha postembrional rivojlanish uzoq davom etadi. odamlarda postembrional
rivojlanish jinsiy balog‘atga yetish, balog‘at va qarilik davrlariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: