A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

IV BO‘LIM
Telofazada — mitoz jarayoni yakunlanadi. Bu bosqichda xromosomalar 
qutblarga to‘planadi, spirallari yoyila boshlaydi, yorug‘lik mikroskopda yax-
shi ko‘rinmaydigan bo‘lib qoladi. Sitoplazmaning membranali qismlaridan 
yadro qobig‘i hosil bo‘ladi. Yadrochalar qaytadan shakllanadi. Telofaza-
ning oxirida sitoplazmaning ikkiga ajralishi (sitokinez) kuzatiladi. Hayvon 
hujayralarida sitoplazma va plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo 
bo‘lib, uning asta-sekin torayishi natijasida hujayra teng ikkiga bo‘linadi. 
o‘simlik hujayralarida esa hujayraning o‘rtasida sitoplazmatik membrana 
paydo bo‘lib, hujayraning chetiga tarqala boshlaydi. Bunda hujayrani teng 
ikkiga bo‘luvchi ko‘ndalang to‘siq paydo bo‘ladi. Keyin esa selluloza qobig‘i 
hosil bo‘ ladi. Mitoz bosqichlari juda qisqa bo‘lib, 30 daqiqadan 3 soatgacha 
davom etadi.
Mitozning biologik ahamiyati — mitoz natijasida hosil bo‘lgan har bir 
yangi hujayra bir xil xromosoma to‘plami va bir xil genlarga ega. Mitoz 
bo‘linish genetik materialning yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan 
tavsifla na di. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid 
to‘plamga ega bo‘ladi. Mitoz bo‘linishsiz ko‘p hujayrali organizm larning 
to‘qima va organ
l
aridagi ko‘p sonli hujayralarning tuzilishi va funksiyasi-
ning doimiyligini, irsiy mate rialning bir xil bo‘lishini ta’min lashning iloji 
bo‘lmas edi.
Mitoz: 

triton terisidagi hujayra;
 B 
— piyoz 
po‘sti hujayrasi.
38- rasm.
1
interfaza;
2 profaza;
3,4 metafaza
5,6 boshlang‘ich va oxirgi anafaza
7 telofaza.
A
B



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin