35- §. Mitoz
VIII bob
Hujayra sikli
IV
BO‘LIM
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA
INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
Hujayra sikli
Organizmlarning individual
rivojlanishi — ontogenez
Organizmlarning ko‘payishi
Ko‘payish yoki o‘zini-o‘zi qayta tiklash organik (tirik) tabiatning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri. Ko‘payish —
bakteriyalardan tortib, sut emi-
zuvchilargacha bo‘lgan barcha tirik organizmlar uchun xosdir.
Har bir
o‘simlik va hayvon, bakteriya va zamburug‘ turining yashashi, ota-ona va
avlodlar o‘rtasidagi izchillik faqat ko‘payish tufayli saqlanib turadi. Tirik
organizmlarning o‘zini-o‘zi paydo qilish va boshqa xususiyatlari rivojlanish
bilan uzviy bog‘liqdir. Rivoj lanish barcha tiriklik: eng kichik bir hujayrali
organizmlar uchun ham, ko‘p hujayrali o‘simlik va hayvonlar uchun ham
tabiiy jarayon hisoblanadi.
Ko‘p hujayrali organizm hujayralar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib,
har bir hujayra aniq tuzilishga va funksiyaga ega.
Hujayraning yashash
muddati tuzilishi va funksiyasiga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Misol
uchun nerv va muskul hujayralari embrional rivojlanish
davri tugagandan
keyin bo‘linmaydi va organizmning butun umri davomida o‘z funksiyasini
bajaradi. Boshqa hujayralar — suyak iligi, epidermis, ichak epiteliysi butun
umri davomida bo‘linib ko‘payib turadi. Shunday qilib, hujayraning hayot
sikli bo‘linishdan hosil bo‘lgan yangi hujayraning nobud bo‘lishigacha yoki
keyingi bo‘linishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda hujay-
ra o‘sadi, ko‘p hujayrali orga-nizmning to‘qima va organlarida o‘ziga xos
funksiyani bajaradi.
Dostları ilə paylaş: