A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

72
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‘li-
nadi. Bi-rinchi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda murakkab uglevodlar, 
yog‘lar, oqsil lar — glukoza, glitserin va yog‘ kislotalari, aminokislotalarga; 
nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. 
Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiya-
si sifatida tarqalib ketadi. 
Ikkinchi bosqich — to‘liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‘lib, 
hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (gliko-
liz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‘sim-
lik yoki mikroorganizmlar-ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga 
nisbatan qo‘llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishti-
rokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anae-
rob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasi-
gacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat 
kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan 
ener giya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‘ladi.
Achitqi zamburug‘larida glukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil 
spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon 
spirtli achish
deb yuritiladi. 
Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni atseton, atsetat kislota va 
boshqalarni hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyalari 
bir molekula glukozaning parchalanishi 2 molekula ATFni hosil 
qilish bilan boradi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha 
parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida 
to‘planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki 
kislorodli parchalanish
deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi 
fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil 
bo‘lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — Co
2
va H
2

gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda 
energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‘planadi. Ikki mole-
kula sut kislotani kislorodli sharoitda to‘liq parchalanishida 36 molekula 
ATF hosil bo‘ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta’minlashda aerob 
nafas olish asosiy vazifani bajaradi. Barcha tirik organizmlar energi-
yani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga 
bo‘linadi. Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin