A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

81
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Hujayraning hayot sikli nima?
Hujayraning mitoz sikli nima?
Interfaza qanday bosqichlardan iborat?
Mitoz va uning bosqichlarida qanday jarayonlar kechadi?
o‘simlik va hayvon hujayrasining bo‘linishida qanday farqlar mavjud?
Mitozning biologik ahamiyati nimadan iborat?
IX bob
 
Organizmlarning ko‘payishi
36- §. Ko‘payish xillari
organizmlarning ko‘payish usullari juda xilma-xil va murakkab bo‘lishi-
ga qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz ko‘payish tashkil qiladi.
Jinsiy ko

payish
deb, jinsiy bezlarda hosil bo‘lgan, mahsus, jinsiy hu-
jayralar hisobiga nasllar gallanishi va rivojlanishiga aytiladi.
 
Jinsiy ko‘pa-
yish evolutsiya jarayonida paydo bo‘lib, organizmlar genotipini xilma-xil 
bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Jinsiy ko‘payishda yangi avlod, har xil 
ota-ona organizmdan hosil bo‘lgan ikkita jinsiy hujayraning qo‘shilishi 
natijasida rivojlanadi. Lekin umurtqasiz hayvonlarning ayrim turlarida 
jinsiy hujayralar bitta organizmda rivojlanadi. Bunday ikki jinsli hayvonlar 
germafroditlar
(qo‘sh jinslilik) deb ataladi.
o‘simliklar olamida, yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligida gullari 
ham ko‘pincha ikki jinsli bo‘ladi. Gulli o‘simliklardagi ikki jinsli gullardagi 
changchilarda erkak jinsiy hujayralar spermiylar, urug‘chisida esa urg‘ochi 
jinsiy hujayralar tuxum hujayra yetiladi. Ikki jinsli gullarga olma, o‘rik, 
gilos, behi daraxtlarining gullari misol bo‘ladi. Agar changchi gul alohida, 
urug‘chi gul alohida bo‘lsa, bir jinsli gul deyiladi. Makkajo‘xori bir jinsli 
gullar turkumiga kiradi. Ayrim o‘simliklarda changchili va urug‘chili gullar 
har xil tuplarda rivoj-lanishi mumkin. Masalan, Turkiston ismalog‘i.
Ma’lumki, yangi organizm jinsiy hujayralar qo‘shilmasdan ham 
rivojlani-shi mumkin. Ayrim hayvon va o‘simlik (erkak asalari, mayda 
qisqichbaqasimon lari) turlarida urug‘lanmagan tuxum hujayradan yangi 
organizmning rivoj la nishi kuzatiladi. Bunday ko‘payish usuli 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin