Abdulla qodiriy nomidagi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə7/10
tarix31.01.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#81863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rasulova Yaxshigul kurs ishi TIM

«Chir aylanma»


O`yinning borishi: Bu o`yin kengroq joyda o`ynaladi. 12-15 bola ishtirok etishi mumkin. O`yinda bir bola «Burgut», bir bola ―Onaboshi‖, qolganlari esa «Jo`ja» bo`ladi. Maydon o`rtasiga katta aylana chiziladi. Barcha jo`jalar bir–birlarining bellaridan ushlab oladilar. Eng oldingisi onaboshining belidan ushlaydi. «Burgut» kelib onaboshiga: «bir bolangdan qarz berib tur», deydi. «Kechagi bolam qani?», deydi onaboshi. Burgut esa «bolangni to’zlashdi, qalampir sepishdi, piyozga qorishdi, qarg`a «qag`» dedi, mushuk «miyov» dedi, oldi, qochdi, ketdi», deydi-yu, birdan jo`jalarga tashlanadi. Onaboshi: «qoch bolam, burgut keldi», deb qichqiradi. Burgut ohirgi jo`jaga qo`l tekkizishga harakat qiladi. Onaboshi jo`jalarni himoya qiladi. Jo`jalar bir-birlarini qo`yib yubormagan holda, burgutdan qochadilar. Agar burgut ohirgi jo`jaga qo`l tekkizsa, qush asir tushgan hisoblanadi va chizilgan aylana ichiga borib turadi. Onaboshi o`z jo`jalaridan ajralmagan holda bolasini qutqarishi mumkin. Buning uchun onaboshi aylanaga yaqinlashib, asir jo`jaga qo`l tekkizadi. Ozod bo`lgan jo`ja darrov boshqalar qatoriga qo`shilib oladi.
O`yinning shartlari: «Burgut» faqat eng keyingi «Jo`ja»ni ushlaydi. O`yin davomida burgut va onaboshini almashtirib turish mumkin. Asirlikdan ozod bo`lgan jo`ja qatorning istagan joyida tura oladi.

«Kosa, kosa, ne kosa»


O`yinning borishi: bu o`yinda bolalar teng ikki guruhga bo`linib, bir-birlariga paralel holda tizilib o`tirishadi va har ikki guruhdan guruh boshlig`i saylanadi. Har ikki guruh boshlig`i guruhidagi o`quvchilarga narigi guruhga eshittirmasdan nom qo`yib chiqadi. Masalan, gullarning nomini qo`yishi: atirgul, rayhon, gulsapsar, karnaygul, nomozshomgul va boshqa gullar nomi bilan atashi mumkin. Birinchi guruh boshlig`i narigi guruhdagi bir o`quvchining ko`zini bog`lab turadi, so`ng o`z guruhining bir o`quvchisi nomini, ya’ni masalan: «Atirgul»ni chaqiradi, «Atirgul» esa ko`zi bog`langan o`quvchini chertib ketadi. O`quvchi borib joyiga o`tirgach, bolalar «Kosa, kosa ne kosa» deb baqirishadi. Keyin ko`zi bog`langan o`quvchi chertib ketgan o`quvchini topsa, uni o`z guruhiga oladi, topolmasa, o`zi o`sha guruhga qo`shilishi kerak. Bu o`yin o`quvchilar qolmaguncha davom etadi. YUtib olgan guruh g`olib hisoblanadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin