Davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri- ma’naviy jihatdan barkamol, jismoniy va ruhiy jihatdan sog`lom, Vatan sarhadlarini himoya qilish uchun jismonan chiniqqan, fidoyi insonni tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy istiqlol g`oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga etkazishga ijtimoiy zarurat tug`ilishi tabiiy bo`lib, uning aksi ta’lim-tarbiya jarayonida aks etmoqda.
Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar, sinfdan va maktabdan tashqari to’garaklar, sport o`yinlari, jismoniy mashqlar orqali o`quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish, tizimli didaktik ta’minotlar, ahborot resurslari yordamida, shuningdek. turli jismoniy chiniqtiradigan musobaqalar, jismoniy, sog`lom turmush tarzini reklama qiluvchi tarbiyaviy tadbirlar: milliy o`yinlarni reklama qiluvchi suhbatlar, kechalar, sport-shoular uyushtirilib, o`quvchilarning qiziqishlari inobatga olingan holda to`garaklarga jalb qilinganlarida; o`quvchilarning jismoniy, intellektual rivojlanishlari va qobiliyatlari, oiladagi, sinf va maktabdagi muhitning atroflicha o`rganilishi, maktab va oilaning jismoniy chiniqtirishdagi hamkorligi rivojlantirilishi ijobiy natijalarga olib kelishi misollar asosida tasdiqlandi.
O`quvchilarni ta’lim jarayonida mashg`ulotlarda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim bo`lib, ma’naviy-ahloqiy jihatdan o’zbek milliy qadriyatlari asosida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhuda tarbiyalashda tarixiy merosimizga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston milliy istiqlolga erishganidan keyin sport va jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining mazmun-mohiyatiga ham e’tibor kuchaydi . Bu boradagi ijobiy o`zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident I.Karimov ko`plab yangi g`oyalarni ilgari surdi. Jahonning eng ommalashgan jismoniy tarbiya va sport sohalari bilan bir qatorda, xalqimiz boy madaniy merosining ajralmas qismi bo`lgan o`zbek milliy o`yinlari tiklandi va dunyo bo`ylab katta qiziqish bilan tarqalib boshladi. Zamonaviy jismoniy tarbiya majmualari, sport inshoatlari barpo etildi va yoshlarimizning eng yuqori saviyada shug`ullanishlariga sharoit yaratildi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari yoshlarimizga milliy va umuminsoniy tarbiya berish, ularda vatanparvarlik tuyg`usini rivojlantirishning zarur shartlaridan biri bo`lib qoldi.
O`quvchi yoshlarni darslar va sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida vatanpavarlik ruhida tarbiyalash muammosi mazmun mohiyati bilan yigitlarni vatan himoyasiga tayyorlash asosida har tomonlama barkamol, talabchan, jamiyatga kerakli inson qilib shakllantirish hamda o’quvchilarni yomon illatlardan holi bo`lishiga e’tibor qaratish lozim. Shu maqsadda ta’lim jarayonida o’quvchilarni vatan himoyasiga tayyorlashning samarali usul, metod va dasturdan unumli foydalanish maqsad muvofiqdir.
O`quvchirlarni ta’lim jarayonida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’limning innovatsion usullaridan, ta’limiy-ahloqiy, jismoniyi, ko`rgazmali-targ`ibot ishlarida foydalanish samarali natijalar beradi.
Darslar va sinfdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarni vatanini sevib- ardoqlashi borasidagi mashg`ulot mazmuni ilmiy asosda tashkil etilganda o`quvchi yoshlarning aqliy, ahloqiy, mehnat, nafosat, vatanparvarlik va boshqa tarbiya yo`nalishlariga kuchli ta’sir ko`rsatishi aniqlandi. Ular o`rtasidagi uzviy bog`liqlik yoshlarning jismoniy kamolotlarini takomillashtiradi. Bu o`z navbatida jamiyatimiz a’zolarini har taraflama ulg`aygan, komil insonlar bo`lib etishishlari uchun zamin hozirlaydi.
Mashg`ulotlarining ilmiy asoslarda tashkil etilishi jamiyatimizning barcha a’zolarini sog`lom, faol, g`ayrat shijoatli bo`lishlariga ta’sir etish bilan birga barkamol erkin fikrlovchi romil inson bo`lishini, O`zbekistonni dunyoga tanitishga hissa qo`shishini amalga oshiradi. Faqat mashg`ulotlar metodik jihatdan to`g`ri tashkil etilishi, pedagogika, psixologiya metodikasi qonun-qoidalariga qat’iy rioya etilishi zarur bo`ladi.
O’zbekiston jamiyatining hozirgi taraqqiyot bosqichida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida shakllantirishning ahamiyati katta. Chunki «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo’lgan hamjihatlik va bag’rikenglik, mehmondo’stlik kabi sifatlar bilan farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g`urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog`lom bo`lishlariga erishishimiz zarur. Ma’naviy sog`lomlik esa jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq. ―Vatanni xurjunga solib tashib ketib bo`lmaydi. Agar uni tashib ketish mumkin bo`lganda edi, u sariq chaqaga ham arzimasdi‖.