Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir.
Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obru- e’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi.
Shuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «o`zga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan.
Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o`zlari tug`ilib o`sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi2.
Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tugilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan
2 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg`usi. Toshkent, 1997, 152-bet.
butun aql-zakovati, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi.
Vatan ham, vatanga muhabbat to`yg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi. Xalqimizda ―O`zga yurtning bag`lariyu-bog`chasi, o`z yurtingning yontog`icha ko`rinmas»_ deb bejiz aytilmagan.3Vatan tuyg`usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yo’zlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg`usi — bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlash, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg`usi — bu yigirmanchi, o`ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag`onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo`lgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir».
Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va
3 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg`usi. Toshkent, 1997, 154-bet
mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir4.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi.
Insonni dunyoga keltirishdek mo`jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo`jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo`tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o`stiradi, ulg`aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug`roq, mo`tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to`kilgan yurt» deb faxrlanadilar5.
Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida O`zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o`zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan qadri ortdi, zo’rovonlik yo`li bilan yo`q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro`z» bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’rifiga ko`ra; Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o`zining qadr- qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
4 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg`usi. T., O`zbekiston, 1997, 156-bet.
5 Yuqoridagi manba. 157-bet.
Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi — O`zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o`zbek xalqi mentaliteti, g`ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo`lgan.
Ushbu ramzlar - o`zbek xalqining g`ururlaridir. Ularni qadrlash, ko`z qorachig`idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir. Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi.
Vatanimiz o`z istiqlol yo`lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o`z o`rni, o`z ovoziga ega bo`ldi.
Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o`zbek xalqi o`z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o`z taqdirini o`zi hal qilish, o`zga yurtlarda Vatan sog`inchida bo`zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo`rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg`usi paydo bo`ladi. Bu tuyg`u insonni jasoratga, ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo`lib shakllanishida turli hayot to`fonlaridan omon saqlab qoladigan ham vatanparvarlik tuyg`usidir.