Amaliy, muammoli holatlarni yechish, aqliy hujum, test, kichik guruhlarda ishlash, klaster
O’qitish vositalari
Proyektor, slaydlar
O’qitish shakli
Individual, frontal, juftlikda va guruhlarda ishlash
O’qitish sharoitlari
Proyektor va kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
1.2. Amaliy mashg'ulotining texnologik kartasi.
Bosqichlar vaqti
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
Talaba
1-bоsqich. Kirish ](3 min.)
1.1. Mashg’ulotni “Termometr” mashqi orqali tashkil etadi.
1.2. “Ma’naviyat daqiqasi” o’tkaziladi.
1.1. Kayfiyatlari haqida ma’lumotlar beradilar.
1.2. Dunyo va respublikamizdagi yangiliklar tinglanadi.
2-bоsqich. Bilimlarni faollashtirish. (2 min.)
2.1. O’quv faoliyatini baholash mezonlarini ma’lum qiladi.
2.1. Mashg’ulot etaplaridagi faoliyatiga ko’ra ball oladi, baholanadi.
3-bоsqich. Asоsiy (65 min.)
3.1. XIV-XVI asrlar adabiy tili haqida savol-javob o’tkazadi.
3.2. Atoiy asrlarining tabiatiga doir ma’lumotlarni aniqlaydi.
3.3. Sakkokiyning o’zbek adabiy tili rivojidagi xizmatlari yuzasidan kichik guruhlarda munozara tashkil etadi.
3.4. Lutfiy asarlarining ba’zi til xususiyatlari bo’yicha kichik guruhlar tashkil etadi.
3.5. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlari tahlili uchun matn beradi.
3.1. Javob beradi, aniqlik kiritadilar, mustaqil fikr yuritadi, bir-biriga savollar beradilar.
3.2. Atoiy asrlarining tabiatiga doir ma’lumotlarga ega bo’ladi.
3.3. Sakkokiyning o’zbek adabiy tili rivojidagi xizmatlari haqida kichik guruhlarda ishlash orqali bilimlarini mustahkamlaydilar.
3.4.Lutfiy asarlarining ba’zi til xususiyatlari bo’yicha bilimlarini oshiradilar.
3.5.Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlari matnining tahlili ustida ishlaydi.