Tartibson-inch: birinch, ikinch. Ravishdoshning -madin (matin) affiksi bilan hosil qilingan varianti: Atam sөzin tutmadin. Shart fe’liiing I shaxs ko’pligida -uz (vuz). Shaxs son qo’shimchasi qo’llangan: Bu uch nәsinә aңa arguman apparsauz gәrek yerdi va h.o.
CHIG’ATOY ULUSINING ADABIY TILI XIII asrda muђullar istilosidan so’ng Movarounnahrda Chig’atoy davlati tuzildi. Bu davlat idora ishlarini yuritishda qoraxoniylar davridagi adabiy tilga va Xorazmdagi adabiy tilga murojaat qiladi. Lekin ko’proq koraxoniylar davridagi tilga ahamiyat berildi. Bu holat ma’lum darajada qarluq-uyg’ur tili xususiyatlarining bu tidda singab qolishiga sabab bo’lgan, chunki uyg’urlar madaniy jihatdan yuqori turuvchi qabila bo’lgani uchun mo’g’ullar hukmronligi davrida davlatning madaniy hayotida va yozuv bilan bog’liq bo’lgan deyarli barcha ishlarda muhim o’rin tutgan. Saroy doirasidagi mansabdor kishilarning bolalari uyg’urlar qo’lida o’qiganlar.
Chig’atoy ulusining adabiy tili yodgorliklarida qadimiy kitobiy d-o’rnida z,y undoshlarining kelganligini ko’ramiz. Shuningdek, ayrimlarida turkman, ba’zilarida uyg’ur tili xususiyatlarini uchratamiz. Chig’atoy ulusi adabiy tilining yodgorliklari sifatida «Mukaddimat-ul adab», «Yusuf va Zulayho», «Ravnaq-ul Islom», «O’g’uznoma» kabi asarlarni ko’rsatish mumkin.
«O’G’UZNOMA» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI O’rta Osiyo turkiy xalqlari - o’g’uz va qarluq-uyg’ur dialektining qadimgi yodgorligi hisoblangan «O’g’uznoma»ning qachon va qayerda ko’chirilganligi xaqida hozirgacha aniq ma’lumot yo’q. N.M.Mallayev bu asarni XSh- XIV asrlarda, A.M.Sherbak XV asrda kitobat qilgan deb ma’lumot beradilar.
Nemis olimi V.Bang «O’g’uznoma»ning til xususiyatlarini taxlil qilish asosida afsonaning tilini shartli ravishda yangi sharqiy turkiy til deb ataydi va P.Pellioning fikriga ancha yaqin mulohazani ilgari suradi. A.M.Shcherbak «O’g’uznoma»ning turli qo’lyozmalarini o’rganish, uning tilini boqsha asarlar bilan qiyoslash asosida shunday xulosaga keladi: asl nusxa ko’lyozmaning tili «y»lovchi shevada yozilgan, so’z negizining fonetik shakllanishida lablashmagan tovushlar ko’proq ishtirok etadi. Asar XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Turfon (Qashqar)da yozilgan.
Asarda tushum kelishigining šadimgi -ыg’,—ig affiksli shakli, -ы/-n,-/-i/-n affiksi orqali yasalgan shakli qo’llanmaydi. Asarda -duk, -dүk, -g’u, -gү affiksli sifatdoshlar uchrab turadi: yыbarguda erdi. Urushg’udun son. Og’uz kөrdүktә өzi kәtti kabi.
Tartib sonlarning ikkinchi (ikinchi o’rnida), үchүnchү, үchүnchi (үchүnch o’rnida» shakllari qo’llangan. Shart fe’li asosan -sa (-sar o’rnida) affiksi bilan keladi:
birinchisiga Kun at qoydshar, ikkinchisige Ay at qaydshar..., kulsm, yshlasa kabi.
Bu yodgorlikda leksik jihatdan tapuq (xizmat), tәlim (ko’p), tug’ (bayroq), baluq (shahar), bәrgu, qapug’, uqg’ulug’, chәrig, muran (daryo), achqich (kalit), toqush, koruklug kabi eski turkiy, mo’g’ulcha so’zlar uchraydi. Bu faktlar asarda qarluq-uyg’ur tili xususiyatlarining ustun ekanligini ko’rsatadi. Asar tilida uchraydigan bir qator mo’gulcha so’zlar esa o’sha davrlarda turkiy tillarga kirib o’zlashib qolgan yangi leksik qatlamni tashkil qiladi. «O’g’uznoma» asarining tili faqat ba’zi bir xususiyatlari bilangina eski o’zbek adabiy tilidan farq qiladi, u ko’proq qarluq-uyђur tili an’analariga yašin turadi. Demak, «O’g’uznoma» asarining til materiallari orqali eski o’zbek adabiy tilining qarluq-chigil-uyg’ur til birligi bilan yaqin munosabatda, uzviy aloqador ekanligi aniqlanadi.
So’z o’rtasida d-y tovushlari almashadi; adug-ayug’ Jamlik son: - egu, uch egu, ik egu, besh egu. Harakat nomi: -ish//-ыsh/-/sh affikslari va h.o.
Afsona tilida X- XII asr yodgorligida uchrovchi tushum kelishigining -ыg’//ig I qurol vosita kelishigining -in/-/n affikslari bilan h.k. formalari uchraydi.
Yuqoridagi faktlar «O’g’uznoma» asarining XIII- XIV asr yodgorligi shu davr adabiy tilining namunasi deb karashga to’la imkoniyat beradi.