DOSTON TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
E.Najib doston tilida 2500 turkiy so’zlar qo’llanganligini qo’rsatadi. Bu raqam ichiga so’zlarning variantda yozilishini ham kiritgan. Masalan: aktachы, tabib), (yev) va boshqalar.
Doston leksikasida umumturkiy so’zlar 39 % ni tashkil etadi, qolgan so’zlar esa o’g’uz (12), qipchoq (8), janubi-sharqiy dialektga oid (21), o’g’uz (3), sharkiy klpchoq (14) unsurlaridan iborat. Turkiy so’zlar doston tilida taxminan 65 % tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda doston leksikasida quyidagi qatlamlar ko’zga tashlanadi:
1. Turk-mo’g’ul tillari davriga oid so’zlar. Ma’lumki, turkiy tillar mo’ђul tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil etadi. Shuning uchun ham asar tilida (umuman, har bir turkiy tilda) turkiy va mo’g’ul tillari uchun umumiy leksik qatlam mavjud. Buni quyidagi so’zlar misolida ko’rsatish mumkin: Adaq, idi (hokim), yeren (kishilar), arpa, art, erte (erta) arsyaan, armtmak (tozalamoq), asan (eson), al (qizil), altun, aldag’ (aldoqchi), alms, alma, empәk, umыnj (umid), anbar (saroy), av (ov), uzuk (g’am), ork (asos), urug’ (oila), ulus, yelchi, bag’ (bog’ich), bal (asal), bilik, tabaq (ovqat), tabg’ (xizmat), sormaq (so’rmoq), sunmek (taklif qilmoq), qatn (qattiq), qan, qaraq (ko’z qorachig’i), qarshm (saroy), qarg’u (ko’r), qamug’ (barcha), qonrag’u (qo’ng’iroq), qir (cho’l), kerәk, kөks (ko’krak), kichi (kichik), mal (boylik), yүrүk, yүz, yыl, yimish (meva) va boshqalar.
2. Arabcha-foscha so’zlar. Doston tilida arabcha-forscha so’zlarning bo’lishi ikki munosabat bilan izohlanadi, ya’ni asar bevosita fors-tojik tilidan tarjima qilinganligi tufayli ham fors-tojikcha so’zlardan foydalanish zaruriyati bo’lgan; ikkinchidan, muallif yashagan vohada turkiy til fors-tojik tilini allaqachon siqib chiqargan bo’lsa-da, bu til unsurlari hali iste’molda bo’lgan. Arab tili unsurlari esa bevosita islom dini ta’sirida hamda fors-tojik tili orqali o’zlashib qolgan. Asar tilida quyidagi arabcha/so’zlar qo’llanadi: ajal, āxыr,āadam, asbāb, atrāf, imin (tinchlik), hukm, xazina/azaz, adl, fәlәk, quvvat, qaysar, vasiyat, yas (motam).
Quyidagi kabi forscha so’zlar qo’llangan: ārām, āzād, tāj, taxt, xasta, xumār (maslik), dushvār, rustā (qishloq), magar va boshqalar
Dostları ilə paylaş: |