Abdulla qodiriy



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə11/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

OLTIN O’RDA ADABIY TILI
Oltin O’rda adabiy tili qarluq-xorazm adabiy tili ta’sirida rivojlandi. Shuning uchun Oltin O’rda sikliga kiruvchi yodgorliklarni ko’pchilik adabiyotlarda Xorazm yodnomalari deb ham yuritiladi. Xorazm yodgorliklarida qoraxoniylar davri adabiy tili, o’g’uz, qipchoq elementlari aralashgan, bu bilan esa umumxalq tili grafik kurilishi va leksikasini boyitgan.
Xorazm yodgorliklari umumiy bir adabiy normaga ega emas. Asarning yozilgan o’rniga qarab, fonetik grammatik va leksikasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Masalan; «Muhabbatnoma» va «Nahjul Farodis» kabi asarlarda o’g’uz va qipchoq elementlari aralash holda qo’llansa, «Xisrav va Shirin», «Me’rojnoma» (Muhammad payg’ambarning Makkadan Quddusga borishi va Quddusdan ko’kka chiqishi haqidagi noma) kabi asarlarda o’g’uz, qipchoq hamda koraxoniylar davri tilining aralash qo’llanilganini ko’ramiz.
Oltin O’rda adabiy tilining eng xarakterli yodgorliklaridan biri Šutbning «Xisrav va Shirin» dostonidir.
«XISRAV VA SHIRIN» DOSTONINING TIL XUSUSIYATLARI
A.M.Shcherbak asar tili Oltin O’rda turkumiga kiradigan «Muhabbatnoma» va «Tashshušnoma» asarlari tilidan lug’aviy, fonetik va morfologik jihatdan faršlanishi, ayni zamonda šoraxoniylar davri yodgorliklari bo’lgan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» va Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari bilan bir qatorda turishini aytadi, lekin qayd etilgan asarlar tili bilan qiyoslangan faktlarni keltirmaydi, balki «Xusrav va Shirin» dostoni tiliga xos bo’lgan ayrim fonetik va morfologik xususiyatlarini sanab o’tadi, xolos.
«Xusrav va Shirin» dostoni va umuman, XIV asr yodgorliklari ustida maxsus tadqiqot ishi olib borgan E.I.Fozilov ham asar tilining «Devonu lug’otit turk», «Qutadg’u bilig», «Hibatul haqoyiq»asarlari tilining xususiyatlari bilan ayrim umumiy tomonlarga ega ekanligani ko’rsatadi hamda o’sha xususiyatlarni sanab o’tadi. Shu bilan birga, E.I.Fozilov Xorazm yodgorliklarining dialektal asoslari to’g’risida
fikr bildirib, unda o’g’uz, qipchoq, bulg’or, uyg’ur unsurlarining sinonimik
qo’llanishini ta’kidlaydi hamda P.M.Melioranskiyning «dialektal rang-baranglik» haqidagi fikriga to’la qo’shiladi.
Q.Mahmudov XP1- XIV asrlar yodgorliklari fonetikasini o’rganar ekan, «Xusrav va Shirin» dostonida /dz/ undoshi bilan yonma-yon qo’llanganini aytadi, lekin «y» undoshi bilan yonma-yon qo’llanganini aytadi, lekin «y» undoshi bilan almashgan o’rinlarga misol keltirmaydi, aksincha «d» undoshli so’zlarga — adaq, —qadg’u misollarini keltirish bilan chegaralanadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, asarda hamon dz — lashish saqlanadi. Misollarga murojat qilamiz: adz—ism, egarlamoq, әdzgarlamak— egarlamoq, әdzgulik —yaxshilik, udzыmaq -uxlamoq umidz—umid, shadzlыš— shodlik, qudzы - quyi, kүdzәkү —kuyov, pochcha va boshqalar. Matndan misollar keltiramiz.

Adaqы yer yүzini barcha kezmish,


Feyayek anың ishin royshcha tүzmish. (138)
Og’ul әdgү yaman che qыlsa andыn,
Kөrү өz og’lы yandurg’ay jazasыn. (141)
Pәrilәr birlә yetti yersә ul hur,
Qodыb suratnы terkin ketti Shavur. (151)

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin