Abdulla sher axloqshunoslik


o ‘zi uchun o ‘zgalar uchun



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
o ‘zi uchun o ‘zgalar uchun 
bo‘lgan 
dunyoda paydo bo‘ladi; bu dunyoning ma’nosi shu bois menga nisbatan 
belgilanmagan. Agar aw al narsalarning o‘zi mening erkimni cheklashi 
haqida gap ketgan bo‘lsa, endi o'zgalar erki mening erkimga nisbatan 
cheklash sifatida yuzaga chiqadi.
Biz erkinlikka intilar ekanmiz, u to ‘laligicha o ‘zga odamlar erkiga 
va o'zgalaming erki bizning erkimizga bog‘liq ekanini ko‘ramiz. To g ri, 
erkinlik, insonning belgisi sifatida, boshqalarga bog'liq emas, biroq 
harakat boshlandimi — bas, men o‘z erkim bilan birgalikda boshqalaming 
erkinligini ham xohlashim shart: men faqat o ‘zgalarning erkini ham 
o ‘zimga maqsad deb bilganimdagina, o‘z erkimni maqsad sifatida qabul 
qilsam b o ‘ladi. «Biz, — deb yozadi Sartr, — har bir alohida hodisada 
erkinlik erkinlik uchun b o ‘lishini istaymiz. Shu sababdan, garchand 
axloqning mazmuni o ‘zgarib tursa ham, o‘sha axloqning muayyan shakli 
universaldir»1.
Ayni paytda, buyuk fransuz mutafakkiri, garchand tevarak dunyo 
begona m a’nilarga to ‘la esa-da, ular mening ustimdan qismatnamo 
hukm ronlikka ega em aslar, degan fikrni ta ’kidlaydi. U lar, qabul 
qilsamgina — hukmron bo‘ladi, inkor etsam — har qanday kuch-qudratini
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo‘qotadi. Shu bois qo‘rqoq yoki qahram on bo‘lish insonning o ‘ziga 
bog‘liq, deydi Sartr, qo‘rqoq q o ‘rqoqligi uchun o ‘zi javobgar. U yurak 
yoki o ‘pkasi, yoki miyasi qo‘rqoq boMgani uchun shunaqa emas; u 
o ‘zining fiziologik tuzilishi natijasi o ‘laroq shunaqa emas, balki o ‘z 
qilmishlari bilan o ‘zini qo‘rqoq qilgan. Mizoj asabiy, zaif, chala yoxud 
to ‘laqonli bo‘lishi mumkin, lekin zaif odam degani — albatta qo‘rqoq 
degani emas, chunki qo‘rqoqlik bosh tortish yoki yon berish oqibatida 
yuzaga keladi. Hamma vaqt qo‘rqoq uchun qo‘rqoq, qahram on uchun 
qahram on bo‘lmaslikning imkoni bor.
Sartr ekzistensiyachilik muxoliflariga qarshi fikr bildirar ekan, bu 
yo‘nalish insonning aslo tushkun tasvirini bermasligini, uni qilgan ishiga 
qarab baholashini, inson o ‘z taqdirini o ‘zi belgilaydi, degan aqida bilan 
ish ko‘rishini ta ’kidlaydi. U har bir inson axloqini uning xatti-harakati 
tashkil etishini aytib, shunday deb yozadi: «Ekzistensiyachilik, bu — 
insonning harakatga bo'lgan xohishini oMdirishga intilishi emas, zero, 
u insonga bor umid faqat uning harakatida ekanini va faqat yagona 
harakatigina insonning yashashi uchun imkon berishini aytadi. Demak, 
bu borada biz harakat va ju r’at axloqi bilan ish ko'ram iz»1.
Hozirgi kunga kelib, ekzistensiyachilik G ‘arb olam ida m ashhur 
bo‘lgan ko‘pgina eng yetakchi yoki faol harakatdagi axloqiy yo‘nalishlarga 
nisbatan «hayotiyroq« chiqib qoldi. Uning asosiy tamoyillari Ovro‘pa 
xalqlari mentalitetiga singib ketdi. U behuda havoyi parvozlami cheklab, 
insonni ichki, raqamlarsiz hisob-kitobga va shu hisob-kitob natijasi 
o'laroq, jahonga ishonch bilan qarashga d a’vat etadi.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin