Abdulla sher axloqshunoslik


Лосский И.О. Условия абсолютного добра. М ., «Политиздат». 1991. С. 56



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209
1 Лосский И.О. Условия абсолютного добра. М ., «Политиздат». 1991. С. 56.
148
www.ziyouz.com kutubxonasi


deb yozadi: «Xudo o‘z yaratilmishlariga erkinlik bilan birga ezgulikni 
amalga oshirishning barcha vositasini ato etgan; agar shunga qaramay, 
qaysidir bir mavjudot yovuzlik yo‘liga kirsa, unda bu yovuzlikning ibtidosi 
ana shu mavjudotning o ‘zida yashirindir va bu yovuzlik uchun javobgarlik 
t o ‘liq u n in g b o 'y n id a d ir » 1. X ullas, buyuk fay lasu f aksiologiya 
(qadriyatshunoslik) m uam m olarini qalamga olar ekan, ezgulik, adolat, 
haqiqat va go‘zallik qadriyatlaridagi mutlaqlikning qoyimligini him oya 
qiladi.
Shu bilan birga, Losskiyning axloqiy ideali qora kiyingan, o ‘zining 
farovonligini, sog‘ligini, bor-budini mehrobga bag‘ishlaydigan rohib 
emas. Faylasuf bir qarashda xuddi moddiyatchilarga o ‘xshab fikrlaydi: 
t o ‘qlik, sog‘lik, o d am lar b ila n m u no sab at, u n in g fikriga k o 'ra , 
«turmushning qadriyatli jihati». Biroq ular inson turm ushining yagona 
va oliy darajadagi ahamiyatga ega qadriyatlari emas, aksincha, hammasi 
m a ’naviy faoliyatga y o ‘n a ltirilg a n insondagi k u c h n i saqlash va 
kuchaytirish uchun xizmat qilishi kerak bo‘lgan hodisalardir. Shunday 
esa-da, inson m a’naviyati, afsuski, ovqat, kiyim -kechak va boshqa 
turm ush farovonliklariga bog‘liq. Bu bog‘liqlikni ikki xil y o i bilan 
zaiflashtirish mumkin. Birinchisi — ilm -fanni rivojlantirish va texnika 
taraqqiyoti tufayli inson kasallik ham da ochlik ustidan g'alaba qilib 
boradi. Ikkinchisi — inson o ‘zini axloqiy komillikka yetkazish orqali 
ovqatlanish va uyqudan g‘olib kelishi mumkin.
Xudbinlik va dushmanlik saltanatidan muhabbat va ezgulik dargohiga 
o ‘tishdagi siyosiy sakrashlarni Losskiy doimo qoralaydi. Chunki Yerda 
jannat yaratish haqidagi shoshm a-shosharlik bilan tuzilgan xomxayol 
rejalar yaxshi maqsad bilan nom aqbul, nokomil vositalar o ‘rtasidagi 
ziddiyatlarni tug‘diradi va buning natijasida son-sanoqsiz qurbonlar 
beriladi, daryo-daryo q o nlar to ‘kiladi. Q adriyatlarni to r m a ’noda 
tushunish inson uchun — barcha bandalar uchun xos xislat. U, ayniqsa, 
cherkov mutaassiblari, inqilobchilar, ijtimoiy islohotchilarning radikal 
tarafdorlarida dahshatli oqibatlarga olib keladigan darajaga ko‘tariladi. 
Mutaassib mavhum g‘oya, nazariya, islohotlar loyihasini jonli odam dan 
yuksak qo'yadi va shu bois o ‘z idealining ro ‘yobga chiqishi uchun qatl, 
zo'ravonlik qilish, umuman, odam lar hayotini barbod etishdan toymaydi.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin