metodning ko‘lami ham o‘zgaradi. DIALEKTIKA (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi. Masalan, insoniyat tarixida bu usulga yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y beradigan avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu vaqtning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin. "METAFIZIKA" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va