Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi dunyoning ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim shakllanadi. Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq- atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi. Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’ekti hisoblanadi, o‘z tarixiy mavjudligining zarur shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy- tarixiy bilish ob’ekti odamlar tomonidan nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’ektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim. GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI: 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan