Abdumannonov Sardorbek (4-nomer) Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Yahudiylik



Yüklə 42,2 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü42,2 Kb.
#202689
1   2   3   4   5
dinmaruza

Ibodat va marosimlari
Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi. Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga yetadi.
Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transportdan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar haftaning yettinchi kuni — shanbani dam olish va ibodatga
bag‘ishlaydilar.


Sinagoga (yun. «jamlanish»; ibr. — «beyt kneset» — «jamlanish uyi»)da ibodatlar kamida o‘nta balog‘atga yetgan erkak kishi to‘planganda o‘tkaziladi.
«Tavrot»da jannat «Adan» nomi bilan atalib, uning sifatlari bayon qilingan.
Yahudiylikda ibodat — «avoda she-ba-lev» ibroniycha «Qalb xizmati» degan ma’noni anglatadi.
Ibodat vaqtidagi eng muhim lahza va uning asosiy shartlaridan biri «Tavrot» o‘ramalarining tugunlar ichidan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan baland ovozda o‘qilishidir. Yahudiylarda faqatgina sinagogada emas, uyda ham ibodat qilinadi.
Uylarda kirish eshigining yuqorisida «mezuza» deb nomlangan, uzun bir quvur ichiga o‘rama holida qo‘yilgan «Tavrot» jumlalari yozilgan bo‘ladi. Uyga kirish va chiqishda yahudiylar «mezuza»ga qo‘l tekkizib, barmoqlarini o‘padilar. Yahudiylar «mezuza» ularni yovuz ruhlar yomonligidan saqlaydi, deb e’tiqod qiladilar. Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida bosh kiyim kiyilib, yelkaga esa chakmon (tales) tashlanadi. Duolarning eng muhimi sanalgan 16 tasi tik turgan holda aytiladi. Boshqalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turish kabi harakatlar qilinadi.
Sinagogalarda, albatta, uch unsur joy olishi shart. Bu Aron Kodesh, Ner Tamid va Bimadir. Quddusga yo‘nalgan muqaddas sandiq (shkaf) — Aron Kodesh ichida «Tavrot» tumorlari saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u masjiddagi «mehrob»ga o‘xshash vazifani bajaradi va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi.

Yahudiylik dini bayramlari


Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa diniy va milliy bayramlar (ibr. — Yom tov — yaxshi kun) mavjud.
Rosh Ashona (ibr. — «yil boshi») yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi.
Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan.
O‘n kun davom etadigan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab, qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart.

Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin