Abdumannonov Sardorbek (4-nomer) Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Yahudiylik



Yüklə 42,2 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü42,2 Kb.
#202689
1   2   3   4   5
dinmaruza

Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi hisoblanadi. U nisan (mart-aprel) oyining o‘n beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturushsiz non — «matsa» iste’mol qilinadi.
Shavuot (Sheviot) (ibr. — haftalar) Pesaxdan keyingi 50-kuni nishonlanadi. Shavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga «Tavrot»ning berilishi munosabati bilan nishonlangan.
Sukkot (chodirlar bayrami) yahudiylar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan.
Milliy xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom etadi.
Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafiga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib, shirinliklar tarqatiladi.
Hanukka (ibr. — «yangilanish», «yoritish») yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.
Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.

Yahudiylikda dafn marosimi
Yahudiylikda dafn marosimi ham muayyan o‘ziga xosliklarga ega. Inson vafot etgach, qarindoshlari max- Hanukka bayrami sus kiyim kiyib, sham yoqishadi. Mayitni oq kafanga o‘rab, «Kaddish» (oromiycha — «Muqaddas», sinagogalarda o‘qiladigan ibodat duosi) o‘qiydilar.
Jasad chiqqan xonadonda bir hafta davomida aza tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach, mayitni xotirlab «yil marosimi» («Yorsayt») o‘tkaziladi. Yom-kipur, Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlarni xotirlab «Yizkor» deb nomlanadigan maxsus duolar o‘qiladi.

Oqimlar
Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida boshqa dinlarda bo‘lgani kabi yahudiylikda ham ichki bo‘linishlar yuzaga kelgan. Ular orasida eng keng tarqalganlari saduqiylik, farziylik, essaniylik, hasidiylik, qaroim, islohotchi, konservativ kabi oqimlardir.


Saduqiylik klassik oqimlar orasida muayyan o‘ziga xosliklari bilan boshqalardan farqlanadi. Mazkur oqimning vakillari asosan yirik yer egalari, yuqori qatlam vakillari (aristokratlar)dan bo‘lishgan.
Saduqiylik ta’limotiga ko‘ra ruh abadiy emasligi ta’kidlanadi. Insonning qayta tirilishi, farishtalarning mavjudligi inkor etiladi. Saduqiylar Xudo bandalarining

Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin