Poligonometriya usulida geodezik asos barpo etish, joyda poligonometriya punktlarini mahkamlash bilan tanishish va o’rganish
Amaliyot o’tash davrini 12-15-kunlarida Poligonometriya usulida geodezik asos barpo etish, joyda poligonometriya punktlarini mahkamlash bilan tanishish va o’rganish mavzusi bo’yicha quidagilarni o’rgandim:
Geodezik qurilish to‘ri ЁC bino va inshootlarni qurishda rejalash asosining eng samarali to‘ri hisoblanadi. U kvadrat yoki to‘rtburchak uchlarida joylashgan asos punktlaridan iborat koordinatalar sistemasi ko‘rinishida bo‘ladi. Qurilish to‘ri inshootning asosiy o‘qlarini joyga ko‘chirishda va ijroiy plan olishda asos, hamda balandlik asosi vazifasini bajaradi.
Qurilish to‘ri geodezik ishlarni yengillashtirish maqsadida tuziladi; u bino va injenerlik tarmoqlarini o‘qlarini tez va yuqori aniqlikda qurilish maydoniga ko‘chirishda yordam beradi. Qurilish to‘ri barpo qilish ishlari bo‘yicha to‘plangan tajribalarga asosan, uning aniqligi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) qurilish to‘rining yonma-yon joylashgan punktlarining o‘zaro holati xatoligi 1:10000 dan oshmasligi kerak, ya’ni to‘r uzunligi 200 m bo‘lganda, o‘zaro holat xatoligi 2 sm. dan katta bo‘lmasligi kerak;
b) to‘rning to‘g‘ri burchaklari 20'' aniqlikda tuzilishi kerak;
v) to‘rning eng zaif joydagi punkti holatining xatoligi bosh tayanch punktga nisbatan 1:500 plan masshtabida 0,2 mm dan oshmasligi, ya’ni 10 sm bo‘lishi kerak.
Qurilish to‘rini barpo etish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Boshlang‘ich yo‘nalishlarni loyihalash va joyga ko‘chirish. To‘rni oriyentirlashga qo‘yiladigan asosiy talab to‘r koordinata o‘qlarining inshoot asosiy o‘qlariga parallel bo‘lishidadir. Qurilish to‘ri loyihasini joyga ko‘chirish uchun boshlang‘ich yo‘nalish tanlab olinadi. Ko‘pchilik holatlarda boshlang‘ich yo‘nalishni joyga ko‘chirish uchun, qurilish maydonida joylashgan planli geodezik asos punktlari ishlatiladi. Boshlang‘ich punktlar va qurilish to‘ri uchlari koordinatalariga asosan, teskari geodezik masala yechish yo‘li bilan joyga ko‘chirish uchun kerakli bo‘lgan rejalash elementlari hisoblanadi.
2.To‘rni batafsil rejalash. Bu bosqich boshlang‘ich nuqtalar joyda belgilangandan keyin amalga oshiriladi. Qurilish to‘rini batafsil rejalashning bir necha usullari mavjud bo‘lib, bular o‘qiy ( osevoy) va reduksiyalash usullaridir.
Qurilish to‘rini o‘q usulda rejalash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Boshlang‘ich yo‘nalishlarga asoslangan holda joyda bir-biriga perpedikulyar bo‘lgan o‘qlar hosil qilinadi .
Markazdan yo‘nalishlar bo‘ylab to‘r tomonlariga teng bo‘lgan kesmalar o‘lchanadi. Kesmalar shkalali lenta yordamida komparirlash, joy nishabligi va temperaturaga bo‘lgan tuzatmalarni hisobga olgan holda o‘lchab qo‘yiladi. Oxirgi a, c, e, d nuqtalarda perpendikular yasaladi va perimetr bo‘ylab o‘lchashlar davom ettiriladi.
Shunday qilib, maydonchada 4 ta poligon hosil qilinadi. Keyin aniqlangan poligon nuqtalari doimiy belgilar bilan mahkamlanadi va ular perimetrlari bo‘ylab I-razradli poligonometriya tarmog‘i o‘tkaziladi.
O‘lchangan natijalarga binoan barcha nuqtalarning koordinatalari aniqlanadi. Poligon ichkarisida joylashgan nuqtalar koordinatalari esa poligonometriya II-razradli tarmog‘ini yasash natijasida amalga oshiriladi.
O‘q usuli asosan qurilish maydoniga nisbatan katta bo‘lmagan hollarda yoki katta aniqlik talab qilinmaganda qo‘llaniladi. Bu usulning asosiy kamchiligini o‘lchash xatolarning yig‘ilib borishi bo‘lib, bu o‘z navbatida burchaklarning 900 dan farq qilishiga olib keladi. Uning aniqligi 3-5 sm ni tashkil etadi. Katta korxonalarni loyihalash va rejalashda reduksiyalash usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, negaki bu usul to‘r elementlarini rejalashni ta’minlaydi. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Avvalo oddiy teodolit yo‘lianiqligida nuqtalar joyga ko‘chiriladi va vaqtincha belgilar bilan mahkamlanadi. Keyin perimetr bo‘ylab I-razradli poligonmetriya, ichki nuqtalar bo‘ylab esa II- razradli poligonometriya tarmog‘i o‘tkaziladi va barcha nuqtalarning koordinatalari hisoblanadi. Hisoblangan koordinatalar loyihaviy koordinatalar bilan solishtiriladi va reduksiyalash elementlari aniqlanadi. Keyin har bir nuqta tegishli reduksiya elementiga binoan (ishoralarini hisobga olgan holda) u yoki bu tomonga siljitiladi va doimiy belgilar bilan mahkamlanadi.
3. Qurilish to‘rini loyihalash va tenglashtirish. Qurilish to‘rini tegishli aniqlikda loyihalash uchun bir qancha talablar qo‘yiladi. Qurilish to‘rini loyihalash davrida to‘r uchlari yer ishlari bajariladigan joylarga to‘g‘ri kelib qolmasligiga ahamiyat beriladi. Qurilish to‘rining o‘lchamlari, uning aniqligi va joyning sharoitiga bog‘liq ravishda II yoki III bosqichda tuzilishi mumkin. To‘r III bosqichda tuzilgan holatda, uning birinchi bosqichi triangulyatsiya, II-chi bosqichini I-razradli poligonometriya tashkil etadi. Bunday to‘rdagi asosni katta maydonlarda tuzish maqsadga muvofiqdir. Nisbatan kichik maydonlarda qurilish to‘ri II-bosqichda tuziladi. Qurilish to‘rining biror bir uchi koordinata boshi etib belgilanadi va mumkin qadar triangulyatsiya punkti bilan bog‘lanadi.