Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


224 
XI bob
. MЕHNAT RЕSURSLARINI BOSHQARISHNING HUQUQIY 
ASOSLARI 
 
11.1. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari 
Jamoa shartnomasi
 
ish beruvchi va xodimlar o‗rtasidagi mehnat 
munosabatlariga oid o‗zaro majburiyatlarini qamrab oladi. Jamoa shartnomasi bir 
tarafdan xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‗zlari vakolat bergan 
vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomalari korxonalarda ularning yuridik 
shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‗linmalarida tuziladi (35-36- moddalar). 
Bosh, tarmoq, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar, mehnat shartnomalari 
tizimida 
ahdlashuvlar 
tuzilishida 
yuqori 
darajadagi 
kelishuvlarning 
quyidagilardagiga nisbatan ustuvorligi mavjuddir. Shuning uchun Kasaba 
uyushmalar va ish beruvchilar o‗zaro munosabatlarining faqat umumiy 
masalalarini aks ettiradigan Bosh kelishuv tuzilganga qadar tarmoq kelishuvi 
tuzilishi talab etiladi. 
O‗z navbatida aniq mehnat sharoiti, unga haq to‗lash, xodimlarni ishga qabul 
qilish va ishdan bo‗shatishdan iborat kafolatlar belgilanadigan tarmoq 
kelishuvlarga 
hududiy 
(mintaqaviy) 
kelishuvlarda, 
ayniqsa 
mehnat 
shartnomalarida to‗la aniqlik kiritilishi zarur. 
Amaliyotda tarmoq kelishuvlari Bosh kelishuv qabul qilinmagan holda ham 
tuzilishi, korxonalarda esa tarmoq yoki hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar 
imzolanmagani holda jamoa shartnomalari tuzish hollari tez-tez uchrab turadi. 
Bunday hollarda eng asosiysi O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksidagi 
―Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat 
to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga 
qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas‖ (5-modda) tamoyiliga qat‘iy 
amal etishdir. Quyi darajada tuzilgan shartnomalarda yuqori darajada qabul 
qilingan kelishuvlarga mos keladigan mehnat shartlari qayd etiladi yoki xodimlar 
ahvolini yaxshilashga qaratilgan shartlar aks ettirilishi kerak. 
Tarmoq kelishuvlari, so‗zsiz, birinchi navbatda xodimlar manfaatlarini 


225 
himoya qilish vositasidir. Lekin ular ish beruvchilarga mehnatni boshqarish asosiy 
vositalari (ishchi kuchi, uning qiymati, ijtimoiy to‗lovlar turlari va miqdori, boshqa 
masalalar)ni 
o‗zaro kelishib olish va shu orqali o‗z korxonalari 
raqobatbardoshligini oshirish, mehnat jamoalaridagi ijtimoiy nizolarni hal etish 
imkonini ham beradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari barcha taraflar 
manfaatlarini hisobga oladigan ahdlashuvlarga asoslangan bo‗lishini talab etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan jamoa shartnomalari va 
kelishuvlari xuddi shu maqsadga yo‗naltirilgan. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin