237
yetkazmaydigan va ta‘lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o‗qishdan
bo‗sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo‗l qo‗yiladi.
O‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslarni ishga
qabul qilishda amaldagi
qonunchilikda ular mehnatidan foydalanishda qator cheklashlar belgilab qo‗yilgan.
Ya‘ni o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining
sog‗ligi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‗lgan mehnat
sharoiti
noqulay ishlarda, yerosti ishlarida va boshqa og‗ir ishlarda foydalanish
taqiqlanadi hamda ularning normadan ortiq og‗ir yuk ko‗tarishlari va tashishlariga
yo‗l qo‗yilmaydi. Man etilgan bu ishlar ro‗yxati hamda yuk normalarining
chegarasi O‗zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi, Sog‗liqni saqlash vazirligi bilan O‗zbekiston Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda
belgilab qo‗yadilar. Ishga qabul qilishni g‗ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‗l
qo‗yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: