251
chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarini tamomlagan
shaxslarga o‗qishni tugatgandan so‗ng mutaxassisligi bo‗yicha ishlayotgan
taqdirda
ikki yil mobaynida;
-
mazkur korxonada mehnatda nogiron bo‗lib qolgan yoki kasb kasalligini
orttirgan shaxslarga;
-
urush nogironlari, urush qatnashchilari
va ularga tenglashtirilgan
shaxslarga;
-
atom obyektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan, oshirilgan
radiatsiya nurlanishi bilan bog‗liq nurlanish kasalligi
va boshqa kasalliklarga
yo‗liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga; nogironligi
atom obyektlaridagi falokatlar munosabati bilan
boshlanganligi aniqlangan
nogironlarga; ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari
qatnashchilariga, shuningdek, mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan yoki
ko‗chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.
Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda
afzallik beriladigan
boshqa holatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Muddatli mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun
taraflarning jarima to‗lashi haqidagi o‗zaro majburiyatlari nazarda tutilishi
mumkin. Bunga ko‗ra, agar mehnatga oid munosabatlar xodimning aybli xatti-
harakatlari bilan bog‗liq bo‗lmagan asoslar bo‗yicha
ish beruvchining tashabbusi
bilan bekor qilingan bo‗lsa, ish beruvchi xodimga jarima to‗laydi. Agar mehnatga
oid munosabatlar, xodimning tashabbusi bilan, xodimning
aybli xatti-harakatlari
bilan bog‗liq asoslar bo‗yicha bekor qilingan bo‗lsa, xodim ish beruvchiga
jarima
to‗laydi. Agar mehnat shartnomasida jarimaning miqdori belgilab qo‗yilmagan
bo‗lsa, taraflar uni to‗lashdan ozod etiladilar.
Jarimaning miqdori ish beruvchi tomonidan xodimning manfaatlarini ko‗zlab
qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa holatlarga bog‗ tafovut
qilishi mumkin.
Xodim to‗laydigan jarima miqdori ish beruvchi to‗laydigan jarima
252
miqdoridan oshib ketishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: