Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

22-masala 
2011 yilda yog‘-moy zavodi bir yilda 105 ming tonna mahsulotni, kilosi 2,5 
ming so‘mdan ishlab chiqargan. Keyingi yilda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
bahosi 4,5 ming so‘mga ko‘tarilganidan keyin, yillik ishlab chiqarish hajmini 175 
ming tonnaga yetkazgan bo‘lsa, mehnat unumdorligini aniqlang (o‘rganilayotgan 
davrda ishchilar soni 12%ga oshgan). 
23-masala 
Jadvalda mamlakatning iqtisodiy faol aholisi va uning tarkibidagi ish bilan 
bandlar soni keltirilgan (ming kishi hisobida): 
Ko‘rsatkichlar 
2009 yil 
2013 yil 
Iqtisodiy faol aholi soni 
84889 
95453 
Ish bilan band aholi soni 
80796 
87524 
2013 yilda tabiiy ishsizlik darajasi - 7%ni tashkil etgan. 
Topshiriq: 
1) 2013 yilda iqtisodiy faol va ish bilan band aholi soni 2009 yilga nisbatan 
necha foizga o‘zgarganligini va keltirilgan 2 ta ko‘rsatkichdan qaysi birining o‘sish 
tendenstiyasi yuqoriligini aniqlang. 
2) 2009 va 2013 yillarda ishsizlar soni va ishsizlik darajasini aniqlang.
3) Keltirilgan ma‘lumotlar asosida 2013 yilda to‘la bandlik bo‘lganligini 
e‘tirof etish mkmkinmi? (asoslab bering). 


262 
24-masala 
Jadvalda mamlakatning 2009-2013 yillardagi ish bilan band va ishsiz aholisi 
to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan (ming kishi). 
Ko‘rsatkichlar 
2009 yil 
2013 yil 
Ish bilan band aholi soni 
80500 
95000 
Ishsiz aholi soni 
4800 
7000 
Topshiriq: 
1) Mamlakatning ish bilan band va ishsiz aholisi soni 2013 yilda 2009 yilga 
nisbatan necha foizga o‘zgarganligini va keltirilgan ko‘rsatkichlarning qaysi 
birining o‘sish tendenstiyasi yuqoriligini aniqlang. 
2) Mamlakatning 2009 va 2013 yildagi iqtisodiy faol aholisi sonini va 
ishsizlik darajasini aniqlang. 
25-masala 
Agar mamlakatning potenstial YaMM – 1400 mln. dollar, hisobot yilining 
boshida esa 1330 mln. dollar, yil oxirida esa 1295 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa 
(tabiy ishsizlik darajasi 5%ni tashkil etgan), Ouken qonuni orqali yil davomida 
ishsizlik darajasi necha foizga o‘zgarganligini aniqlang.
26-masala 
Ish bilan bandlar soni – 19500 ming kishi, ishsizlar soni – 670 ming kish. 
Bir oydan so‘ng 19500 ming ish bilan band aholi tarkibidan 820 ming ishdan 
bo‘shatildi, ishsizlar tarkibidagi 250 ming kishi esa ish qidirishdan to‘xtadi. 
Topshiriq: 
1) Ish bilan band aholi sonini aniqlang; 
2) Ishsizlar sonini aniqlang; 
3) Ishsizlik darajasini aniqlang. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin