246
Vaqtincha boshqa ishga o‗tkazish uning muddati ko‗rsatilgan holda buyruq
bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga binoan hamda xodimning
tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‗tkazish haqida buyruq chiqarish uchun
uning arizasi, homilador ayollarni va ikki yoshga to‗lmagan bolasi bor ayollarni
vaqtincha boshqa ishga o‗tkazish haqida buyruq chiqarish uchun esa, – ularning
arizasi va tibbiy xulosa asos bo‗ladi.
Xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‗tkazish
haqida buyruq chiqarish uchun ishlab chiqarish zaruriyati yoki ishda bekor turib
qolish vaqtining mavjudligi asos bo‗ladi.
Vaqtincha boshqa ishga o‗tkazishlar mehnat shartnomasida aks ettirilmaydi.
Mehnat shartlarini o‗zgartirish, shuningdek, ish joyini o‗zgartirish ish
beruvchining buyrug‗i bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasida nazarda
tutilgan mehnat shartlarini o‗zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan
tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‗zgartishlar asos bo‗ladi.
Mehnat shartnomasida muayyan ish joyi aniq ko‗rsatib qo‗yilgan hollarda, ish
joyini o‗zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehat
shartnomasiga kiritilgan o‗zgartishlar asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: