Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat shartnomasining shakli 
O‗zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga 
olgan holda ishlab chiqiladi. 
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‗lgan kamida ikki nusxada tuziladi 
va har bir tarafga saqdash uchun topshiriladi. 
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‗rsatiladi. 
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‗lgan 
mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd 
etib qo‗yiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli 
ekanligini ta‘kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan 
paytdan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilab qo‗yilgan kundan 
boshlab o‗zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog‗i lozim. 
Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan 
bo‗lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kunining (smenaning) ertasidan 


241 
kechikmay ishga tushmog‗i lozim. 
Mehnat shartnomalari muddatlari quyidagicha bo„lishi mumkin:
-
nomuayyan muddatga; 
-
besh yildan ortiq bo‗lmagan muayyan muddatga; 
-
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‗ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‗rsatilmagan bo‗lsa, 
mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. 
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz 
muayyan muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‗ljallab qayta 
tuzilishi mumkin emas. 
Muddatli mehnat shartnomalari:
-
bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning 
manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo‗ljallangan mehnat 
shartnomalarini tuzish mumkin bo‗lmagan hollarda; 
-
korxona rahbari, uning o‗rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korxonada bosh 
hisobchi lavozimi bo‗lmagan taqdirda esa, bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi 
xodim bilan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi 
mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining mehnatga oid qonunlarida mehnat 
sharnomasini 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin