238
ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik.
Ishga qabul
qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi
ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma
javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‗lgan
mansabdor
shaxs tomonidan imzolangan bo‗lishi lozim. Asoslantirilgan javob berish haqidagi
talablarni qondirishni rad etish xodimni ishga qabul qilish g‗ayriqonuniy ravishda
rad etilganligi ustidan shikoyat qilishga to‗siq bo‗lmaydi.
O‗zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‗lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-
ukalar, opa-singillar, o‗g‗il va qizlar,
er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-
onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti
ulardan biri ikkinchisiga
bevosita bo‗ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‗lsa, bir davlat
korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Bu qoidadan istisnolar O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan
belgilanishi mumkin.
Ishga qabul qilish vaqtida, ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
-
pasport yoki uning o‗rnini bosadigan boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjatni,
o‗n olti yoshgacha bo‗lgan shaxslar esa, – tug‗ilganlik to‗g‗risidagi guvohnoma va
turar joyidan ma‘lumotnomani;
-
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga
kirayotgan shaxslar bundan
mustasno. O‗rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar, mehnat daftarchasi
o‗rniga asosiy ish joyidan olgan ma‘lumotnomani;
-
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar
tegishlicha harbiy biletni
yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
-
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina
bajarishi mumkin bo‗lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‗rta maxsus o‗quv
yurtini tamomlaganligi to‗g‗risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish
huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan
shaxsdan qonun hujjatlarida
ko‗rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
239
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‗shimcha holatlar
(tanlovdan o‗tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‗lishi mumkin.
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat
daftarchasini tutishi shart, o‗rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Dostları ilə paylaş: