Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat daftarchasi 
xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. 
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga 
o‗tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yozishi 
shart. Xodimning iltimosiga ko‗ra mehnat daftarchasiga o‗rindoshlik asosida 
ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o‗tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. 
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga 
yozilmaydi. 
Xodim o‗rindoshlik asosida ishlash to‗g‗risida ham (agar bu amaldagi 
qonunchiliqda taqiqlanmagan bo‗lsa) mehnat shartnomalari tuzishi mumkin. 
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‗i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq 
chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‗ladi. 
Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo‗lib, 
bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‗zi vakil qilgan organlar orqali yoki 
korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa 
organlar orqali amalga oshiradi. 
Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar 
bilan mehnat shartnomalarini tuzadi. 
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining 
mazmuniga muvofiq ravishda chiqariladi. 
Buyruq xodimga ma‘lum qilinib, tilxat olinadi. 
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‗lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki 
uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‗lsa, ishga qabul 
qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat‘i 
nazar, ish boshlangan kundan e‘tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb 
hisoblanadi. 


240 
Mehnat shartnomasining mazmuni 
taraflar kelishuvi asosida, mehnat 
to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga rioya etilgan holda 
belgilanadi. Mehnat shartnomasida quyidagilar aks etishi ko‗zlangan: 

ish joyi (korxona yoki uning bo‗linmasi); 

xodimning mehnat vazifasi – mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan 
lavozimi; 

ishning boshlanish kuni; 

mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish 
muddati; 

mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. 
Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa 
normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi 
pasaytirilishi mumkin emas. 
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin