232
davlat yo‗li bilan ijtimoiy sug‗urta
qilishga, qo‗shimcha sug‗urta qilish ham ko‗zda
tutilishi mumkin.
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish.
Xodimlar va ish
beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan
jamoa shartnomalarini
ishlab chiqish hamda tuzish tartibi, qoidalari O‗zbekiston
Respublikasining
Mehnat Kodeksida aniq belgilab qo‗yilgan. Bu tartib va qoidalar Xalqaro Mehnat
Tashkilotining 1957-yilda qabul qilingan 91-son ―Jamoa shartnomalari
to‗g‗risida‖gi tavsiyalari hamda 1981-yilda qabul qilingan 154-son ―Jamoa
munozaralariga yordam ko‗rsatish to‗g‗risida‖gi Konvensiyasida
22
belgilab
qo‗yilgan xalqaro me‘yorlarga to‗la mos keladi.
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzishni shartli ravishda to‗rt
izchil
bosqichga bo‗lish mumkin.
1. Jamoa shartnomasi amal qilishi sohasini belgilash hamda shartnoma
taraflarini teng huquqli sheriklar sifatida birgalikda e‟tirof etish.
Jamoa
shartnomasi amal qilish sohasini boshlang‗ich bosqichda
belgilashda xodimlar
manfaatlari mushtarakligi, taraflarning o‗zaro xohishi, shuningdek, jamoa
shartnomasiga oid munozaralar jarayonida hal etilishi kerak bo‗lgan aniq masalalar
mohiyati e‘tiborga olinadi.
Shartnoma taraflarini birgalikda e‘tirof etishda
korxonalarda mazkur jamoa
xodimlari manfaatini ifoda etishga da‘vogarlar bir nechta bo‗lishi mumkinligini
hisobga olish kerak.
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomasi taraflari
aniq belgilab qo‗yilgan: bu xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‗zlari
vakolat bergan
boshqa vakillik organlari, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat
bergan vakillardir.
Dostları ilə paylaş: