Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Mehnat shartnomalari va mehnat muhofazasi tizimi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat shartnomalari va mehnat muhofazasi tizimi. 
Korxonada 
xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib 
berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi va bu jamoa shartnomasida o‗z 
ifodasini topishi lozim. Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan 
ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida 
axborot berishi shart. Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati 
va tekshiruvni davlat organlari, jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va 
xodimlarning boshqa vakillik organlari amalga oshiradilar. 
Xodimlarni o„qitish, malakasini oshirish tizimi. 
Ish beruvchi ishlab 
chiqarishda kasbga doir ta‘lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 
malakasini oshirayotgan yoki ta‘lim muassasalarida o‗qiyotgan xodimlarga ishni 
ta‘lim bilan qo‗shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi shart. Ular 
uchun imtiyozlar (ish joyidan haq to‗lanadigan qo‗shimcha, ijtimoiy ta‘tilga 
chiqish, qisqartirilgan ish haftasida ishlash va hokazolar) mehnat to‗g‗risidagi 
qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarda belgilab qo‗yilgan. 
Ijtimoiy imtiyozlar tizimi. 
Ayrim toifadagi xodimlar (homilador va yoki 
bolasi bor, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‗ul ayollar, 18 yoshga to‗lmagan 
yoshlar va hokazolar) uchun amaldagi qonunchilikda tegishli ijtimoiy imtiyozlar 
belgilab qo‗yilgan. Jamoat shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda amaldagi qonunchilikda va me‘yoriy hujjatlarda ko‗zda 
tutilgan qo‗shimcha imtiyozlar (haq to‗lanadigan qo‗shimcha ta‘tillar, pensiyalarga 
tayinlanadigan ustamalar, transport va xizmat safari uchun kompensatsiyalar
xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha 
tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq to‗lanadigan tarzda ovqatlantirish va 
hokazolar) ko‗zda tutilishi mumkin. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin