Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Jamoa shartnomasi -
korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‗rtasidagi 
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi 
normativ hujjatdir. 
Jamoa kelishuvi -
muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat 
shartnomalari, ish bilan ta‘minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi 
majburiyatlarni o‗z ichiga oluvchi normativ hujjatdir. 
Jamoa shartnomalari 
va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning 
mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida 
tuziladi. 
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida 
jamoa shartnomalari va 
kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari 
ham belgilab qo‗yilgan. Ular 
quyidagilardan iboratdir: 
-
qonun hujjatlari me‘yorlariga amal qilish
-
taraflar vakillarining vakolatliligi; 
-
taraflarning teng huquqliligi; 
-
jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni 
tanlash va muhokama qilish erkinligi; 
-
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi
-
olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta‘minlash; 


226 
-
tekshirib borishning muntazamliligi; 
-
javobgarlikning muqarrarligi. 
Jamoa shartnomasining uchta eng muhim funksiyasi farqlanadi:
1. Mehnat munosabatlari har ikki taraf manfaatlarini himoya qilishi. 
Ya‘ni jamoa shartnomasi mehnat munosabatlarining zaifroq subyekti hisoblangan 
xodimni o‗z iqtisodiy holati ustuvor bo‗lgan ish beruvchining bu ustunligini 
qo‗llashdan himoya qiladi. Ikkinchi tomondan esa, u ish beruvchilarni xodimning 
ishlab chiqarish jarayonlarini buzib, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‗lgan 
asossiz talablaridan himoya qiladi. Shu tariqa jamoa shartnomasi xodimlar va ish 
beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin